Uzbekistan Airways kuz-qish mavsumiga o‘tmoqda

© Press-slujba MID UzbekistanaSpesbort Uzbekistan Airways v aeroportu polskogo goroda Katovitse vo vremya evakuatsii grajdan Uzbekistana iz Ukraini
Spesbort Uzbekistan Airways v aeroportu polskogo goroda Katovitse vo vremya evakuatsii grajdan Uzbekistana iz Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Kelayotgan qishda aviakompaniya marshrut tarmog‘idagi parvozlarning aksariyati Toshkentdan amalga oshiriladi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Uzbekistan Airways 30-oktabrdan boshlab qishki jadvalga o‘tadi.
Qayd etilishicha, mavsumga o‘tish, shuningdek, dunyoning bir qator mamlakatlarida mahalliy vaqtni qishga o‘tkazilishini anglatadi. Shu munosabat bilan parvozlar yangi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Kelayotgan qishda aviakompaniya marshrut tarmog‘idagi parvozlarning aksariyati Toshkentdan amalga oshiriladi. Toshkent aeroportidan parvozlarning keng xaritasi aviakompaniyaning yaxshi an’analariga aylanib ulgurgan.
Qish mavsumining birinchi kunidan boshlab –Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yo‘nalishida haftasiga ikki marta parvozlarni boshlaydi va 31-oktabrdan Toshkentdan Sharjaga parvozlar haftasiga uch marta oshiriladi.
Eng uzoq kutilgan Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishi ham 1-noyabrdan boshlanadi. Aviakompaniya, shuningdek, qish mavsumidan Tailandga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Samarqand, Xorazm viloyatini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘laydigan respublika ichidagi qatnovlarni ko‘paytirish niyatida.
O‘zbekistondan turli mamlakatlarga amalga oshirilayotgan parvozlar
Hozirda Toshkentdan Dubayga (haftasiga 7-marta), Toshkentdan Istanbulga (haftasiga 16-marta), Samarqanddan (haftasiga 4-marta), Farg‘onadan (3 ta), Buxoro va Urganchdan – haftasiga 2 marotaba muntazam amalga oshiriladi.
Talab eng yuqori bo‘lgan Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi qatnovlar soni haftasiga 30 tagacha ko‘paytirildi. Shuningdek, Uzbekistan Airways Express aviaqatnovlari bilan O‘zbekistonning deyarli barcha shaharlaridan Rossiyaning 11 shahriga: Moskva, Samara, Perm, Omsk, Krasnoyarsk, Sochi, Yekaterinburg, Ufa, Qozon, Mineralnie vodi, Irkutskka parvoz qilish imkoniyati mavjud.
Olmaota, Dushanbe, Bishkekka parvozlar ham muntazam ravishda amalga oshiriladi. Toshkent – Seul parvozlariga ham talab kam emas, ushbu yo‘nalish bo‘yicha qishki jadvalga haftasiga 7 ta qatnov kiritilgan.
Bundan tashqari, parvozlar Londonga (haftasiga 2-marta), Frankfurtga (haftasiga 3-marta), Rigaga (haftasiga 2-marta) va eng uzoq parvoz – Nyu-Yorkka haftasiga uch marotaba amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0