Prezident Qashqadaryoda 5 ta yo‘nalishda erishilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po ojidayemim rezultatam v agrarnoy sfere po itogam goda i zadacham na sleduyushiy god.
 Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po ojidayemim rezultatam v agrarnoy sfere po itogam goda i zadacham na sleduyushiy god. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Viloyatda tadbirkorlik, sanoat, agrar, ichimlik suvi ta’minoti, ijtimoiy sohada qator ishlar amalga oshirili lozim.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yil yakuniga qadar qilinadigan ishlar va kelgusi yildagi vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari viloyatda beshta yo‘nalishda - tadbirkorlik, sanoat, agrar, ichimlik suvi ta’minoti, ijtimoiy sohada erishilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalarni belgilab berdi.
Jumladan:
viloyatda tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish orqali kelgusi yilda 207 ming nafar ish o‘rni yaratish zarur;
sanoatda 960 ta loyihani amalga oshirib, 20 ming nafar aholini band qilish mumkin;
22 ta noruda konni o‘zlashtirib, talab yuqori bo‘lgan qurilish materiallari ishlab chiqarish imkoni bor;
paxtani chuqur qayta ishlash darajasini 32 foizdan 56 foizga chiqarish uchun klasterlar tomonidan 2 trillion so‘mlik 12 ta loyihani yakunlash zarur;
kimyo, neft-gaz, energetika tizimidagi yirik korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yib, 65 ta mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirish lozim;
18 ming gektar maydonda suv ta’minotini yaxshilab, qo‘shimcha 90 milliard so‘mlik mahsulot yetishtirish, 66 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilib, 300 million kub metr suvni iqtisod qilish, 10,5 ming gektar paxta va g‘alla maydonini qisqartirish hisobiga, 32 ming oila bandligini ta’minlash imkoniyati bor;
hududda markazlashgan toza ichimlik suvi ta’minotini kelgusi yilda 60 foizga yetkazish lozim.
Yangiliklar lentasi
0