Namanganda taekvondo bo‘yicha xalqaro turnir boshlandi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaCharos Kayumova zavoyevala serebranuyu medal na chempionate Azii po taekvondo WT v Yujnoy Koree.
Charos Kayumova zavoyevala serebranuyu medal na chempionate Azii po taekvondo WT v Yujnoy Koree.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
“Namangan open” xalqaro turniri bu yil uchinchi bor o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Bugun Namanganda taekvondo WT bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkaziladi. Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar berdi.
“Namangan open” xalqaro turniri bu yil uchinchi bor o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqada O‘zbekistonlik taekvondochilar bilan birgalikda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Pokiston mamlakatlaridan sportchilar qatnashishi kutilmoqda.
“Musobaqada 30-oktabrga qadar yoshlar, o‘smirlar va katta sportchilar medallar uchun kurash olib boradi”, deyiladi xabarda.
Mazkur turnir mamlakatda taekvondo WT sport turini yanada ommalashtirish, chekka hududlardan iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish maqsadida tashkil etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida prezident Shavkat Mirziyoyev “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekkan edi. Hujjat bilan Taekvondo (WT) sport turini 2022-2024 yillarda kengroq rivojlantirish dasturi va Taekvondo sport turini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
2023 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda respublikaning barcha hududlarida 4-sentabr - Butunjahon taekvondo kuniga bag‘ishlangan taekvondo festivali,taekvondo va parataekvondo bo‘yicha "G2" darajasidagi nufuzli "Uzbekistan Open" xalqaro turniri o‘tkaziladi.
Qolaversa, taekvondo bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, shuningdek, o‘rta-maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quvchi va talabalari o‘rtasida "Vazir kubogi" musobaqalari o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0