Maktablarga quyosh elektr panellarini o‘rnatish boshlandi

© Minenergo UzbekistanaV Namangane na krishax 4-x domov, gde raspolojeni 96 kvartir, ustanovleni solnechnie paneli
V Namangane na krishax 4-x domov, gde raspolojeni 96 kvartir, ustanovleni solnechnie paneli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi 390ta umumta’lim maktabiga, mahalliy hokimliklar esa 610 ta maktab binosiga quyosh elektr panellarini o‘rnatadi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekistondagi umumta’lim maktablariga quyosh elektr panellarini o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Vazirlik 390 ta umumta’lim maktabiga quyosh elektr panellarini o‘rnatadi. Mahalliy hokimliklar esa 610 ta maktab binosiga quyosh elektr panellari o‘rnatadi.
Quyosh elektr panellari kamida 5-10 kVt quvvatga ega bo‘lishi kerak. Bugungi kunga qadar Andijon, Navoiy, Sirdaryo, Farg‘ona hamda Toshkent viloyatlaridagi maktablarda mazkur turdagi quyosh elektr panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirda Toshkent viloyatidagi 21 ta umumta’lim maktabida quyosh panellari o‘rnatilmoqda.
© Xalq ta’limi vazirligi quyosh elektr panellari
quyosh elektr panellari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2022
quyosh elektr panellari
Eslatib o‘tamiz, prezident topshirig‘i bilan yil yakuniga qadar 2 107 ta bog‘chada, 1 ming maktabda quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, shu yilning o‘zida barcha oliygohlarda quyosh elektr uskunalari o‘rnatiladi.
Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universitetida 100 kilovatt quvvatli quyosh elektr uskunasi o‘rnatilgan. U yerda yiliga 200 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Hozirda 36 ta suv isitish qurilmasini o‘rnatish hisobiga yiliga 4,2 million kilovatt soat yoki qariyb 2 milliard so‘mlik elektr energiyasi tejalmoqda.
Yangiliklar lentasi
0