O‘zbekistonda ilk bor golbol bo‘yicha chempionat o‘tkazildi

© Milliy paralimpiya qo‘mitasiGolbol bo‘yicha chempionati
Golbol bo‘yicha chempionati  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Obuna bo‘lish
Musobaqada respublikaning turli hududlaridan kelgan 10 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor golbol bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Xira va zaif ko‘ruvchi hamda ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasidagi 21-23 oktabr kunlari golbol bo‘yicha ilk bor O‘zbekiston chempionati tashkil etildi. Musobaqada respublikaning turli hududlaridan kelgan 10 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
© Milliy paralimpiya qo‘mitasiGolbol bo‘yicha chempionati
Golbol bo‘yicha chempionati  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2022
Golbol bo‘yicha chempionati
Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida Toshkent shahri jamoasi g‘olib bo‘ldi. Kuchli uchlikdan esa Toshkent hamda Qashqadaryo viloyati jamoalari joy oldi.
Ushbu mamlakat chempionatida kuchlilar safidan joy olgan sportchilar kelajakda golbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi va xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Yangiliklar lentasi
0