https://oz.sputniknews.uz/20221023/diyora-keldiyorova-katta-dubulga-turnirida-kumush-medalni-qolga-kiritdi-29383652.html
Diyora Keldiyorova “Katta dubulg‘a” turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Diyora Keldiyorova “Katta dubulg‘a” turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
Bu o‘zbekistonlik dzudochi uchun “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi to‘rtinchi medal bo‘ldi. 23.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-23T14:42+0500
2022-10-23T14:42+0500
2022-10-23T14:42+0500
sport
dzudo
abu-dabi
diyora keldiyorova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/16/29376200_78:6:1271:677_1920x0_80_0_0_ce5851bfc5dd48ae947fcfa468a5b571.jpg
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. BAAning Abu-Dabi shahrida dzudo bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda respublika Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Sportchi finalda fransiyalik Astrid Gnetoga qarshi bahs olib bordi. Bellashuvda yevropalik dzudochining qo‘li baland keldi. Bu Keldiyorova uchun “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi to‘rtinchi medal bo‘ldi.Ushbu natija orqali Diyora jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida 350 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.Turnirda -73 kg vazn toifasida bahs olib borgan buxorolik sportchi Shahram Ahadov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Ahadov moldovalik Petru Pelivanni mag‘lub etishga 38 soniya sarfladi.Ikkinchi bronza medali uchun kurashgan Obidxon No‘monov ispaniyalik Salvador Rokaga imkoniyatni boy berdi.21 oktabr kuni boshlangan xalqaro turnirda O‘zbekiston sharafini 9 nafar sportchi himoya qilmoqda.
abu-dabi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/16/29376200_218:0:1145:695_1920x0_80_0_0_3e0415e25284213762bbaaffd6102a95.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, dzudo, abu-dabi, diyora keldiyorova
sport, dzudo, abu-dabi, diyora keldiyorova
Diyora Keldiyorova “Katta dubulg‘a” turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Bu o‘zbekistonlik dzudochi uchun “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi to‘rtinchi medal bo‘ldi.
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. BAAning Abu-Dabi shahrida dzudo bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda respublika Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar
berdi. Sportchi finalda fransiyalik Astrid Gnetoga qarshi bahs olib bordi. Bellashuvda yevropalik dzudochining qo‘li baland keldi. Bu Keldiyorova uchun “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi to‘rtinchi medal bo‘ldi.
Ushbu natija orqali Diyora jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida 350 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Turnirda -73 kg vazn toifasida bahs olib borgan buxorolik sportchi Shahram Ahadov bronza medalini qo‘lga
kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Ahadov moldovalik Petru Pelivanni mag‘lub etishga 38 soniya sarfladi.
Ikkinchi bronza medali uchun kurashgan Obidxon No‘monov ispaniyalik Salvador Rokaga imkoniyatni boy berdi.
21 oktabr kuni boshlangan xalqaro turnirda O‘zbekiston sharafini 9 nafar sportchi himoya qilmoqda.