Indoneziya elchisi Putin va Bayden uchrashuvini tashkil etishga tayyorligini ma’lum qildi

© Sputnik / Sergey Bobylev / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin i prezident SShA Djo Bayden na sammite v Jeneve
Prezident Rossii Vladimir Putin i prezident SShA Djo Bayden na sammite v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Jakarta Putinga taklifnoma yuborgan, ammo ishtirok etish qarori Moskvada qoladi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida shaxsan ishtirok etishga qaror qilsa, Indoneziya uning amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashuvini tashkil etishga tayyor. Bu haqda Indoneziyaning Moskvadagi elchisi Xose Antonio Morato Tavares RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Indoneziya buni qilishdan juda xursand bo‘lardi. Biz buni avval ham qilganmiz. Masalan, Kambodjadagi mojaro paytida Indoneziya Jakartada o‘sha paytda qarama-qarshi bo‘lgan Vyetnam va Kambodja rahbarlari o‘rtasida norasmiy uchrashuvlar tashkil qilgan. Ular kokteyllar bilan boshlashdi, lekin bu munosabatlar rivojlanishiga turtki bo‘lgandi. Bu biron narsani darhol hal qiladi, deb va’da bermaymiz, lekin shunchaki bir-biri bilan gaplashish munozaralarni oldinga siljitishga yordam beradi”, deydi diplomat.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Jakarta Putinga taklifnoma yuborgan, ammo ishtirok etish qarori Moskvada qoladi.
“Indoneziya prezidenti shaxsan Moskvaga Rossiyani sammitda ishtirok etishga taklif qilish uchun kelgan. Rossiya G20 a’zosi sifatida boshqa har qanday davlat yoki ittifoq kabi muhim. Bundan tashqari, Indoneziya taklifnomalarni qaytarib olishga haqli emas – lekin biz mezbon davlat sifatida qo‘shimcha ishtirokchilarni taklif qilishning mutlaq huquqiga egamiz”, deya xulosa qildi elchi.
Yangiliklar lentasi
0