Tarkibida palma moyi bo‘lgan mahsulotlar ustidan nazorat kuchaytiriladi

© Travel timesPalmovoe maslo
Palmovoe maslo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Obuna bo‘lish
Oziq-ovqat sanoatida palma moyidan foydalanishni tartibga solishga yuzasidan qator choralar ko‘riladi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekistonga olib kirilayotgan palma moyi, tarkibida palma moyi va yog‘ kislotalarining trans izomerlari mavjud bo‘lgan mahsulotlar ustidan nazorat kuchaytiriladi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Hukumatning tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.
Hujjatda keltirilishicha, bu bilan oziq-ovqat sanoatida palma moyidan foydalanishni tartibga solish va aholini sifatsiz o‘simlik moylarini iste’mol qilishdan himoya qilish maqsad qilingan.
Mamlakatga olib kirilayotgan palma moyiga, tarkibida palma moyi va yog‘ kislotalarining trans izomerlari bor mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirish davomida sinov laboratoriyalarida palma moyi va uning fraksiyalarini amaldagi texnik reglament va standartlarga asosan sinovdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
Respublikaga olib kiriladigan, realizatsiya qilinadigan palma moyi ustidan belgilangan tartibda samarali nazorat yo‘lga qo‘yiladi.
Palma moyini majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritish rejalashtirilmoqda.
Har chorakda kamida bir marta palma moyi qo‘shilishi xavfi yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining nazorat xaridlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
2022-2023 yillar davomida palma moyining oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga ta’siri, bunday mahsulotlarning iste’mol qilishning ruxsat etilgan meyorlari o‘rganiladi.
Yangiliklar lentasi
0