Sankt-Peterburgda milliy hunarmandchilik buyumlari do‘konlari ochilishi mumkin

© "Dunyo" AA Sankt-Peterburg
Sankt-Peterburg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar va Samarqand viloyati hokimliklari vakillaridan iborat delegatsiyaning Sankt-Peterburgga safari doirasida O‘zbekiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Sankt-Peterburgda O‘zbekiston xalq amaliy san’ati ko‘zgarmasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida "Dunyo" AA xabar berdi.
Toshkent shahar va Samarqand viloyati hokimliklari vakillaridan iborat delegatsiyaning Sankt-Peterburgga safari doirasida O‘zbekiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Unda o‘zbek xalqining milliy urf-odat va an’analari, mehmondo‘stligi, shuningdek, turizm salohiyatini keng targ‘ib etishga maqsadida o‘zbek xalq amaliy san’ati namunalari namoyish etildi.
Sankt-Peterburg shahar tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari – tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Arbi Abubakarov o‘z so‘zida shaharda O‘zbekiston hunarmandlariga savdo uylari, shuningdek, milliy hunarmandchilik buyumlari do‘konlarini ochishda har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tarixi va ko‘p asrlik an’analari tufayli o‘zbek madaniyati shahar aholisi o‘rtasida juda mashhur ekanini ma’lum qildi.
Ko‘rgazma davomida Sankt-Peterburg va O‘zbekistonning "Hunarmand" uyushmasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Hozirgi bosqichda ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, uyushma faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olish, dunyoga mashhur o‘zbekistonlik hunarmandlar mahsulotlarining taqdimotlarini o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0