https://oz.sputniknews.uz/20221020/ozbekiston-xalqaro-yuk-tashuvlari-uchun-chegaradagi-tartiblarni-soddalashtirishni-taklif-qildi-29308743.html
O‘zbekiston xalqaro yuk tashuvlari uchun chegaradagi tartiblarni soddalashtirishni taklif qildi
O‘zbekiston xalqaro yuk tashuvlari uchun chegaradagi tartiblarni soddalashtirishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Ilhom Mahkamov Dushanbedagi konferensiyada transport sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator takliflarni ilgari surdi. 20.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-20T15:04+0500
2022-10-20T15:04+0500
2022-10-20T15:04+0500
jamiyat
transport
transport vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/14/29302433_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_f9d57908667b1b40eeee0b200cb7bdc5.jpg
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Dushanbedagi “Tojikiston va mintaqa davlatlari o‘rtasida transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishda logistika va uning afzalliklari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi. Konferensiyada Mahkamov bugungi murakkab vaziyatda yuklarni an’anaviy tarzda yetkazib berish zanjiri jiddiy ravishda buzilib, ayrim yo‘nalishlarda mutlaqo falaj bo‘lib qolganini inobatga olgan holda yangi logistika yo‘nalishlarini barpo etish davr talabi ekanligini ta’kidlab, ushbu yo‘nalishda qator takliflarni ilgari surdi.Xususan, u “Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari – Xitoy – Qirg‘iziston/Tojikiston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa” yo‘nalishida multimodal transport-logistika koridorini yaratish bo‘yicha birgalikda harakat qilish kerakligini bildirdi. Vazirga ko‘ra, ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun har bir tomon muvofiqlashtirilgan holda ish tutishi lozim, shu munosabat bilan ishtirokchi mamlakatlar vakillaridan iborat doimiy ishchi guruh tuzish va uning birinchi yig‘ilishini Toshkent shahrida o‘tkazishni taklif qildi.Shuningdek, xalqaro yuk tashuvlar jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish bugungi kunning zarur va muhim talabi ekanligini inobatga olgan holada transportda raqamli texnologiyalar turlarini va joriy etish geografiyasini yanada kengaytirish kerakligini aytdi.Undan tashqari, xalqaro yuk tashuvlari jarayonida chegara-nazorat punktlaridan o‘tish va viza olish jarayonlarini soddalashtirish, to‘lov va yig‘imlarni optimallashtirish va kamaytirish taklifini bildirdi.Ma’lumot uchun, bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi Sharqiy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa va MDH mamlakatlaridan qo‘shimcha hajmdagi tranzit yuklarni jalb qilish uchun ulkan imkoniyatga ega. Ayni shu jihatlarni inobatga olgan holda so‘nggi yillarda O‘zbekiston hududlarni bir-biriga bog‘lay oladigan yangi transport kommunikatsiyalarini barpo etish bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” va “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘llarini qurish loyihalarida ishtirok etishi shular jumlasidan.Qolaversa, mintaqa davlatlarining birgalikdagi sa’yi-harakatlari bilan “Xitoy – Tojikiston – O‘zbekiston”, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston” va “Osiyo tinch okeani mintaqasi mamlakatlari – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Turkiya – Yevropa” yangi multimodal transport yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/14/29302433_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_28c86414469eff48f3333cd0343b9d50.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, transport, transport vazirligi
jamiyat, transport, transport vazirligi
O‘zbekiston xalqaro yuk tashuvlari uchun chegaradagi tartiblarni soddalashtirishni taklif qildi
Ilhom Mahkamov Dushanbedagi konferensiyada transport sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator takliflarni ilgari surdi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Dushanbedagi “Tojikiston va mintaqa davlatlari o‘rtasida transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishda logistika va uning afzalliklari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada
ishtirok etdi. Konferensiyada Mahkamov bugungi murakkab vaziyatda yuklarni an’anaviy tarzda yetkazib berish zanjiri jiddiy ravishda buzilib, ayrim yo‘nalishlarda mutlaqo falaj bo‘lib qolganini inobatga olgan holda yangi logistika yo‘nalishlarini barpo etish davr talabi ekanligini ta’kidlab, ushbu yo‘nalishda qator takliflarni ilgari surdi.
Xususan, u “Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari – Xitoy – Qirg‘iziston/Tojikiston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa” yo‘nalishida multimodal transport-logistika koridorini yaratish bo‘yicha birgalikda harakat qilish kerakligini bildirdi.
Vazirga ko‘ra, ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun har bir tomon muvofiqlashtirilgan holda ish tutishi lozim, shu munosabat bilan ishtirokchi mamlakatlar vakillaridan iborat doimiy ishchi guruh tuzish va uning birinchi yig‘ilishini Toshkent shahrida o‘tkazishni taklif qildi.
Shuningdek, xalqaro yuk tashuvlar jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish bugungi kunning zarur va muhim talabi ekanligini inobatga olgan holada transportda raqamli texnologiyalar turlarini va joriy etish geografiyasini yanada kengaytirish kerakligini aytdi.
Undan tashqari, xalqaro yuk tashuvlari jarayonida chegara-nazorat punktlaridan o‘tish va viza olish jarayonlarini soddalashtirish, to‘lov va yig‘imlarni optimallashtirish va kamaytirish taklifini bildirdi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi Sharqiy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa va MDH mamlakatlaridan qo‘shimcha hajmdagi tranzit yuklarni jalb qilish uchun ulkan imkoniyatga ega. Ayni shu jihatlarni inobatga olgan holda so‘nggi yillarda O‘zbekiston hududlarni bir-biriga bog‘lay oladigan yangi transport kommunikatsiyalarini barpo etish bo‘yicha faol ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” va “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘llarini qurish loyihalarida ishtirok etishi shular jumlasidan.
Qolaversa, mintaqa davlatlarining birgalikdagi sa’yi-harakatlari bilan “Xitoy – Tojikiston – O‘zbekiston”, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston” va “Osiyo tinch okeani mintaqasi mamlakatlari – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Turkiya – Yevropa” yangi multimodal transport yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi.