Grossi Putinning ZAES haqida xabardorligidan hayratda qoldi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta RF V. Putina s gendirektorom MAGATE R. Grossi
Vstrecha prezidenta RF V. Putina s gendirektorom MAGATE R. Grossi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
Uning AES haqidagi batafsil bilimi meni hayratda qoldirdi, deydi Grossi Putin haqida.
TOShKENT, 19 okt - Sputnik. MAGATE rahbari Rafael Grossi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Zaporojye atom elektr stansiyasidagi vaziyatdan xabardorligidan hayratda qolganini tan oldi. Bu haqda u Telefe telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“U (Putin - tahr.) qilayotgan ishiga juda ishonadi. Uning AES haqidagi batafsil bilimi, uning texnik tavsiflari va xavfsizlikni ta’minlash uchun nima taklif qilayotganimni tushungani meni hayratda qoldirdi”, deydi Grossi.
11 oktabr kuni MAGATE rahbari Sankt-Peterburgda Putin bilan uchrashuvda ZAESatrofidagi vaziyatni muhokama qildi. O‘shanda Rossiya rahbari Moskva barcha muammolarni hal qilish uchun ochiq ekanini ta’kidladi.
Zaporojye AES bloklari soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Yevropada eng yirik hisoblanadi. U Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan. Mart oyidan beri stansiya rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘riqlanadi. Ukraina armiyasi AES va Energodar hududini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda. Hujumlar faktlarini sentabr oyi boshida atom elektr stansiyasiga tashrif buyurgan Grossi boshchiligidagi MAGATE missiyasi tasdiqlagan.
Yangiliklar lentasi
0