Deputatlar Turkiya bilan mahkumlarni topshirishga oid bitimni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Tursii
Flagi Uzbekistana i Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
Bitim fuqarolari uchun belgilangan jazoni yoki uning qolgan qismini o‘z davlatida o‘tash imkoniyatini yaratish nazarda tutadi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari navbatdagi yig‘ilishda “O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida mahkumlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi.Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur bitim shu yilning 29-30 mart kunlari Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
Bitimda ahdlashuvchi tomonlardan birining jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan boshqa ahdlashuvchi tomonning fuqarolari uchun belgilangan jazoni yoki uning qolgan qismini o‘z davlatida o‘tash imkoniyatini yaratish nazarda tutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mahkumlarning jazoni o‘z davlatida o‘tashi ularga yaqin qarindoshlari bilan muntazam ko‘rishib turish imkonini beradi. Bu esa oilaviy munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda mahkumlarning jamiyat ijtimoiy hayotiga moslashuvini osonlashtiradi.
Deputatlar bu bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qilishdi. Hujjat endi Senatda ko‘rib chiqiladi, shundan so‘ng uni prezident imzolashi kerak.
Yangiliklar lentasi
0