https://oz.sputniknews.uz/20221019/britaniyaliklarning-yarmidan-kopi-trassning-istefoga-chiqishini-xohlaydi-29277713.html
Britaniyaliklarning yarmidan ko‘pi Trassning iste’foga chiqishini xohlaydi
Britaniyaliklarning yarmidan ko‘pi Trassning iste’foga chiqishini xohlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, britaniyaliklarning atigi 13 foizi uning navbatdagi saylovda g‘alaba qozonishiga ishonadi, 78 foizi buni dargumon deb hisoblaydi. 19.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-19T20:22+0500
2022-10-19T20:22+0500
2022-10-19T20:22+0500
dunyoda
liz trass
buyuk britaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/13/29280293_0:0:3081:1734_1920x0_80_0_0_b5c394502dac20e258624298032d2a24.jpg
TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Ipsos kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, britaniyaliklarning kamida 53 foizi Buyuk Britaniyaning amaldagi bosh vaziri Liz Trassning iste’foga chiqishi tarafdori.Qayd etilishicha, respondentlarning 20 foizi Trassning ketishiga qarshi. Britaniyaliklarning atigi 13 foizi uning navbatdagi saylovda g‘alaba qozonishiga ishonadi, 78 foizi buni dargumon deb hisoblaydi.Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, so‘rovnomadagi bunday ko‘rsatkichlar Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson ketishidan oldin o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga yaqin. Iyul oyi boshida uning ketishini britaniyaliklarning 59 foizi qo‘llab-quvvatlagan.Shu bilan birga, so‘rov natijalariga ko‘ra, britaniyaliklarning to‘rtdan uch qismi yangi moliya vaziri Jeremi Xant tayinlanganidan keyin ham konservatorlarning iqtisodiy rejasiga ishonmaydi.So‘rov 14-17 oktabr kunlari 18 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan minglab britaniyaliklar o‘rtasida onlayn tarzda o‘tkazildi.Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson 7-iyul kuni Konservativlar partiyasi rahbari lavozimini tark etishini e’lon qildi. Sentabr oyida sobiq tashqi ishlar vaziri Liz Trass yangi bosh vazir etib saylandi. Biroq, uning hukumati ham keskin tanqidlarga duch keldi. Britaniya jamiyatida Trassni qo‘llab-quvvatlash darajasi uning muvaffaqiyatsiz iqtisodiy siyosati tufayli 10 foizgacha tushib ketdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/13/29280293_350:0:3081:2048_1920x0_80_0_0_1f8db92392c196ddcb961c3560500dcf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, liz trass, buyuk britaniya
dunyoda, liz trass, buyuk britaniya
Britaniyaliklarning yarmidan ko‘pi Trassning iste’foga chiqishini xohlaydi
Ta’kidlanishicha, britaniyaliklarning atigi 13 foizi uning navbatdagi saylovda g‘alaba qozonishiga ishonadi, 78 foizi buni dargumon deb hisoblaydi.
TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Ipsos kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, britaniyaliklarning kamida 53 foizi Buyuk Britaniyaning amaldagi bosh vaziri Liz Trassning iste’foga chiqishi
tarafdori. Qayd etilishicha, respondentlarning 20 foizi Trassning ketishiga qarshi. Britaniyaliklarning atigi 13 foizi uning navbatdagi saylovda g‘alaba qozonishiga ishonadi, 78 foizi buni dargumon deb hisoblaydi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, so‘rovnomadagi bunday ko‘rsatkichlar Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Boris Jonson ketishidan oldin o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarda qayd etilgan ko‘rsatkichlarga yaqin. Iyul oyi boshida uning ketishini britaniyaliklarning 59 foizi qo‘llab-quvvatlagan.
Shu bilan birga, so‘rov natijalariga ko‘ra, britaniyaliklarning to‘rtdan uch qismi yangi moliya vaziri Jeremi Xant tayinlanganidan keyin ham konservatorlarning iqtisodiy rejasiga ishonmaydi.
So‘rov 14-17 oktabr kunlari 18 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan minglab britaniyaliklar o‘rtasida onlayn tarzda o‘tkazildi.
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson 7-iyul kuni Konservativlar partiyasi rahbari lavozimini tark etishini e’lon qildi. Sentabr oyida sobiq tashqi ishlar vaziri Liz Trass yangi bosh vazir etib saylandi. Biroq, uning hukumati ham keskin tanqidlarga duch keldi. Britaniya jamiyatida Trassni qo‘llab-quvvatlash darajasi uning muvaffaqiyatsiz iqtisodiy siyosati tufayli 10 foizgacha tushib ketdi.