Turkiya Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari masalasida AQSh kafolatlarini oldi

© © Foto : Pexels/Aydın KirazTursiya
Tursiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
Kalin Turkiya kelishuvni uzaytirish uchun Moskvadan ijobiy javob kutishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Turkiya Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozorlarga chiqarish uchun AQSh kafolatlarini oldi va Vashingtonni bu haqda jamoatchilikka ma’lum qilishga chaqirdi. Bu haqda Turkiya prezidenti rasmiy vakili Ibrohim Kalin ma’lum qildi.
“Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, o‘g‘itlariga nisbatan sanksiyalar yo‘q. Kema chiqib ketishi, Qora dengiz va bo‘g‘ozlar orqali o‘tishi mumkin. Lekin sug‘urta kompaniyalari sanksiyalardan qo‘rqishadi, shuning uchun ular jarayonda ishtirok etishni istamaydi. Amerikalik hamkorlarimiz, xususan, hamkasbim Sallivan (AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan) bilan suhbatda kafolat berish zarurligi aytildi. Ular bunday kafolatlar berilishini aytishdi”, dedi Kalin A Haber telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya kelishuvni uzaytirish bo‘yicha Moskvadan aniq javob olmagan.
“Turkiya va BMT bu borada Rossiya bilan aloqalarni davom ettirmoqda, kelishuvni olti oy yoki bir yilga uzaytirish biz uchun ideal bo‘lardi”, dedi u.
Kalin Turkiya kelishuvni uzaytirish uchun Moskvadan ijobiy javob kutishini qo‘shimcha qildi.
22 iyul kuni Istanbulda jahon bozorlariga oziq-ovqat va o‘g‘it yetkazib berish muammolarini hal etish bo‘yicha ikkita tegishli hujjat imzolandi. Hujjatlar yagona paketdan iborat. Birinchisi – memorandum bo‘lib, BMTning Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini jahon bozorlariga eksport qilishdagi turli cheklovlarni olib tashlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Ikkinchisi Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan Qora dengiz portlaridan Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish algoritmini belgilaydi. Biroq, Moskva ta’kidlaganidek, Rossiyadan eksport bo‘yicha kelishuv hali ishlamayapti. G‘alla bo‘yicha kelishuv shu yilning 19-noyabrida tugaydi, biroq uni uzaytirish istiqbollari haligacha noaniq.
Yangiliklar lentasi
0