Oliy Majlis palatalari o‘rtasida tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuv komissiyasi tuziladi

© Oliy Majlis Qonunchilik palatasiOliy Majlis Qonunchilik palatasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
Deputatlar Senat tomonidan rad etilgan Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi qonunni takomillashtirish bo‘yicha Kelishuv komissiyasini tuzish bo‘yicha taklifni ma’qullashdi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasiga oid qonun bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida Oliy Majlis palatalari o‘rtasida kelishuv komissiyasi tuziladi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Majlisda deputatlar "Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida"gi Qonunni qayta ko‘rib chiqish haqidagi masalani muhokama qilishdi.
Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Senati tomonidan rad etilganini hisobga olib, qonun loyihasiga mas’ul qo‘mita — Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi vakillari qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha Oliy Majlis palatalarining Kelishuv komissiyasini tuzish taklifini ilgari surdi.
Ayrim deputatlar qo‘mitaning taklifini rad etib, Qonunning dolzarbligini inobatga olish va uni prezidentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborish taklifini bildirishdi.
Muhokamalardan so‘ng mas’ul qo‘mitaning taklifi ovozga qo‘yildi.
Deputatlar mazkur qonun bo‘yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda kelishuv komissiyasini tuzish bilan bog‘liq taklifni ma’qullashdi.
Yangiliklar lentasi
0