https://oz.sputniknews.uz/20221018/norov-afgonistonning-yakkalanishi-mintaqa-va-dunyo-uchun-xavfli-29223730.html
Norov: Afg‘onistonning yakkalanishi mintaqa va dunyo uchun xavfli
Norov: Afg‘onistonning yakkalanishi mintaqa va dunyo uchun xavfli
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyo davlatlarining rivojlanish istiqbollarini Afg‘onistondagi xavfsizlik vaziyatiga bog‘liq deb baholadi. 18.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-18T11:48+0500
2022-10-18T11:48+0500
2022-10-18T11:48+0500
siyosat
tojikiston
vladimir norov
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/12/29224922_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_29e4e3fc339a5afddd69a670379227f5.jpg
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Jahon hamjamiyati Afg‘onistonning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bu haqida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada ma’lum qildi.Vazir o‘z so‘zida Afg‘onistonni izolyatsiya qilish mintaqa va xalqaro hamjamiyat uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini qayd etdi.U Afg‘onistonning iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarida ishtirok etish muhimligi, shuningdek, Markaziy Osiyodagi rivojlanish istiqbollari Afg‘onistondagi vaziyatga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.Norov Ostonada o‘tkazilgan sammitda Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan tashabbus haqida gapirar ekan, uning asosida Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar guruhini tuzish va muhokama qilish, ushbu mamlakat bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda tashabbuslarni taklif qilish zarurligini ta’kidladi.Shuningdek, u Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha BMTning mintaqaviy vakolatxonasini ochishni muhim deb hisobladi.Norovning aytishicha, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash mintaqaviy va global miqyosda muvofiqlashtirilgandagina muvaffaqiyat qozonadi.Eslatib o‘tamiz, bugun Dushanbe shahrida "Terrorizmga qarshi kurash va terrorchilar harakatlanishining oldini olish uchun chegaralar xavfsizligi hamda chegara nazorati sohasidagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik" mavzusida konferensiya o‘z ishini boshladi.
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/12/29224922_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3cc05568bd68c942bfb7467a93ade3cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, tojikiston, vladimir norov, afg‘oniston
siyosat, tojikiston, vladimir norov, afg‘oniston
Norov: Afg‘onistonning yakkalanishi mintaqa va dunyo uchun xavfli
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyo davlatlarining rivojlanish istiqbollarini Afg‘onistondagi xavfsizlik vaziyatiga bog‘liq deb baholadi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Jahon hamjamiyati Afg‘onistonning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Bu haqida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada ma’lum
qildi. Vazir o‘z so‘zida Afg‘onistonni izolyatsiya qilish mintaqa va xalqaro hamjamiyat uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini qayd etdi.
U Afg‘onistonning iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarida ishtirok etish muhimligi, shuningdek, Markaziy Osiyodagi rivojlanish istiqbollari Afg‘onistondagi vaziyatga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.
Norov Ostonada o‘tkazilgan sammitda Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan tashabbus haqida gapirar ekan, uning asosida Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar guruhini tuzish va muhokama qilish, ushbu mamlakat bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda tashabbuslarni taklif qilish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, u Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha BMTning mintaqaviy vakolatxonasini ochishni muhim deb hisobladi.
Norovning aytishicha, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash mintaqaviy va global miqyosda muvofiqlashtirilgandagina muvaffaqiyat qozonadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Dushanbe shahrida "Terrorizmga qarshi kurash va terrorchilar harakatlanishining oldini olish uchun chegaralar xavfsizligi hamda chegara nazorati sohasidagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik" mavzusida konferensiya o‘z ishini
boshladi.