Mutaxassislar Toshkentda yuz bergan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qilishdi

© Unsplash / Jessica KnowldenPilnaya burya, illyustrativnoe foto
Pilnaya burya, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet mutaxassislari kecha poytaxtda yuz bergan chang bo‘roni yuzasidan izoh berishdi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Toshkentda 17-oktabr kuni yuz bergan chang bo‘roniga kuz faslida yog‘ingarchilikning uzoq vaqt kuzatilmagani va shaharda atmosfera bo‘shlig‘ining ventilyatsiyasining pastligi asosiy sabab bo‘lgan. Bu haqida O‘zgidromet matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, havoning ifloslanishida poytaxtda olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish ishlari, shahar transporti yo‘llarining tirbandligi muhim o‘rin tutadi.
Toshkentda atmosfera havosining mayda zarrachalar (qattiq mikrozarralar va suyuqliklarning mayda tomchilari) bilan ifloslanish darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan havo sifati bo‘yicha tavsiya etilgan meyorlaridan 16 barobar oshgan.
Bu bilan ekspertlar O‘zbekistonda chang bo‘ronlari tez-tez uchrab turadigan hodisa ekanligi, Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlari esa eng katta chang manbai ekanligini ta’kidlamoqda.
Ularning fikricha, ko‘kalamzorlashtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish cho‘llanishga qarshi kurashning muhim chorasidir.
Mutaxassislar bunday tabiiy hodisalar yuz berganda surunkali nafas olish kasalliklari bilan og‘rigan insonlar uchun uydan chiqmaslikni tavsiya qiladi.
Tavsiyalar:
tashqarida bo‘lganda, ayniqsa, bolalar, homilador ayollar va qariyalar tibbiy niqob taqishi zarur;
agar nafas qisilishi, ko‘zning qizarishi, tomoqdagi kuchli qichishish va yo‘tal belgilari paydo bo‘lsa, darhol mutaxassisga murojaat qilish;
og‘iz va burunni sho‘r suv bilan chayish, derazalarni yopiq holda saqlash va deraza tokchalariga ho‘l sochiqlarni yoyish.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 17-oktabr kuni 18:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahri atmosfera havosi mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi kuchayishi haqida ogohlantirgandi.
Yangiliklar lentasi
0