MAGATE rahbari Putin bilan yana uchrashmoqchiligini aytdi

© Aleksey Stefanov, SputnikSvoimi glazami. Glava MAGATE pribil na AES pod groxot snaradov
Svoimi glazami. Glava MAGATE pribil na AES pod groxot snaradov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
Grossi yil oxirigacha Zaporojye AES atrofidagi xavfsizlik zonasi bo‘yicha kelishuvga erishish mumkin, deb hisoblaydi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. MAGATE rahbari Rafael Grossi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yana uchrashmoqchi va buni tezroq amalga oshirish niyatida. Bu haqda uning o‘zi jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Umid qilamanki, ha. Va imkon qadar tezroq bo‘lishiga ham umid qilaman”, dedi u Rossiyaga tashrif buyurish va Putin bilan uchrashish rejalashtirilayotgani haqidagi savolga.
Uning qo‘shimcha qilishicha, u yil oxirigacha Zaporojye AES atrofidagi xavfsizlik zonasi bo‘yicha kelishuvga erishish mumkin, deb hisoblaydi.
“Bu mumkinligiga ishonaman. Biz prezident Putin va prezident Zelenskiy bilan juda yaxshi muloqot qildik. Atom elektr stansiyalarini himoya qilishning asosiy tamoyillari bo‘yicha kelishuv bo‘lishi muhim. Bu mumkin. Ishni davom ettirish kerak”, dedi agentlik rahbari.
Grossi joriy yil 11-oktabr kuni Putin bilan uchrashdi. Rossiya prezidenti unga Zaporojye AES bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilishni taklif qilib, Moskva barcha muammolarni hal qilish uchun ochiq ekanini ta’kidladi.
Sentabr oyi boshida agentlik bosh direktori boshchiligidagi MAGATE missiyasi stansiyaga tashrif buyurdi. Tashkilot yakuniy hisobotni e’lon qilib, stansiya va uning atrofini o‘qqa tutishni to‘xtatishga chaqirdi, chunki bu muhim uskunalarga zarar yetkazishi va radioaktiv materiallarni cheklovsiz chiqarishi mumkin. Hozirda ZAESda MAGATEning ikki vakili ishlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0