Jo‘qorg‘i Kenges raisiga o‘rinbosar saylandi

© Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmatiRustam Tursinbayevich Saparbayev
Rustam Tursinbayevich Saparbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
U shu kungacha Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Rustam Tursinbayevich Saparbayev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun Kengesning navbatdan tashqari o‘ttiz yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiya kun tartibiga cho‘lni obodonlashtirish masalasi, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbari o‘rinbosari saylovi to‘g‘risidagi masala kiritilgan.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 81-moddasi 4-bandiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari lavozimiga 18-son “Janbasqala” saylov okrugidan deputat Saparbayev Rustam Tursinbayevich nomzodi taklif etildi... Nomzod deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Rustam Saparbayev 1982-yilda Qo‘ng‘irot viloyatida tug‘ilgan. 2004-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini va 2008-yilda O‘zbekiston Strategik tahlil va istiqbol maktabini tamomlagan.
Rustam Tursinboyevich 2021-yildan buyon Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi raisining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Bugun, 18-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasi 4-bandiga asosan Rustam Tursinbayevich Saparbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Jo‘qorg‘i Kengesga yangi rais saylandi.
Yangiliklar lentasi
0