Yana uchta tumanga yangi hokimlar tayinlandi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPortfeli
Portfeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Obuna bo‘lish
Asaka tumaniga Bekzod Ummatov, Nurobod tumaniga Sirojiddin Berdikulov va Paxtaobod tumaniga Azizbek Latifjonov hokim etib tayinlandi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Bugun Andijon viloyatining Asaka va Paxtaobod, Samarqand viloyatining Nurobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.
Xususan, Asaka tumaniga Bekzod Xamzayevich Ummatov hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2003-yilda Toshkent moliya instituti, 2016-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2004-yilda “O‘zuyjoyjamg‘armabank” davlat aksiyadorlik banki Sergeli filiali jamg‘arma kassa amaliyoti va valyuta ayirboshlash shahobchalari bo‘limining 7-sonli jamg‘arma kassa nazoratchisi vazifasidan boshlagan.
© Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatiUmmatov Bekzod Xamzayevich
Ummatov Bekzod Xamzayevich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Ummatov Bekzod Xamzayevich
Shuningdek, Sirojiddin Valikulovich Berdikulov Samarqand viloyatining Nurobod tumani hokimi etib tayinlangan. U 1979-yilda Samarqand viloyati, Jomboy tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Sirojiddin Berdikulov Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
© Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmatiSirojiddin Valikulovich Berdikulov
Sirojiddin Valikulovich Berdikulov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Sirojiddin Valikulovich Berdikulov
Bundan tashqari, Azizbek Raximovich Latifjonov Andijon viloyatining Paxtaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. U 1977-yilda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. Azizbek Latifjonov 1999-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1994-yilda "O‘zbekiston sanoat-qurilish banki" ochiq aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyati bo‘limi pul almashtirish shoxobchasi kassiri vazifasidan boshlagan. Tayinlovga qadar u favqulodda vaziyatlar vazirining moddiy-texnika va moliya-iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
© Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatiAzizbek Raximovich Latifjonov
Azizbek Raximovich Latifjonov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Azizbek Raximovich Latifjonov
Avvalroq Sardoba va Farg‘ona tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0