https://oz.sputniknews.uz/20221017/toshkent-viloyatida-6-ta-tumanni-boglaydigan-oltin-halqa-tashkil-etilmoqda-29201448.html
Toshkent viloyatida 6 ta tumanni bog‘laydigan “Oltin halqa” tashkil etilmoqda
Toshkent viloyatida 6 ta tumanni bog‘laydigan “Oltin halqa” tashkil etilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Davlat rahbari infratuzilmani qurish ishlarini tizimli olib borish uchun boshqaruv kompaniyasi tuzish taklifini bildirdi. 17.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-17T15:23+0500
2022-10-17T15:23+0500
2022-10-17T15:23+0500
turizm
toshkent viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/11/29199947_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_29c5a03536ad343f464ad77f21c01dd3.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Toshkent viloyatida Zangiota, Chinoz, Ohangaron, Angren, Parkent va Bo‘stonliq tumanlarini bog‘laydigan “Toshkent viloyatining oltin halqasi” tashkil etilmoqda. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishish chog‘ida ma’lum qilindi.Taqdimotda Parkent tumanida turizmni rivojlantirish loyihasi namoyish qilindi.Qayd etilishicha, Parkent tumanida Kumushkon, Zarkent va So‘qoq qishloqlari atrofida dam olish maskanlari ko‘p. Lekin infratuzilma yetarli bo‘lmagani sababli xizmatlar rivojlanmagan.Shu bois bu bo‘yicha alohida bosh reja ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Parkentdagi turizm hududiga olib boruvchi yo‘llar yaxshilanib, elektr energiyasi, ichimlik suvi tarmoqlari quvvati oshiriladi.Qarovsiz adirliklarga suv chiqarilib, soya-salqin maskanlar ko‘paytiriladi. Umuman aytganda, infratuzilma davlat tomonidan barpo etilib, turizm uchun istiqbolli hududlar auksionga qo‘yiladi.Taqdimotda Surxondaryo viloyatidagi Hakim at-Termiziy maqbarasida ziyoratchilar uchun sharoitlarni kengaytirish rejalari ham ko‘rib chiqildi.Ma’lumot uchun, Hukumatning 1053-sonli qarori bilan "Oltin halqa" turizm konsepsiyasisi tasdiqlangandi. Unga ko‘ra, konsepsiya dastlab turizm salohiyati yuqori bo‘lgan Bo‘stonliq, Parkent, Zangiota, Ohangaron, Bo‘ka, Chinoz tumanlari va Angren shahri qamrab olinadi va u keyinchalik viloyatning boshqa hududlariga ham tatbiq qilinadi.Toshkent viloyatida turizm "Oltin xalqa" amalga oshirish istiqbolli hududlarning yangi turizm yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bog‘liqlikda rivojlantirish, turistlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, taklif etiladigan turizm mahsulotlari turlarini kengaytirish, turizm sohasida aholi bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/11/29199947_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_72bd04c7d97fe4b347a8196817f86336.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, toshkent viloyati
turizm, toshkent viloyati
Toshkent viloyatida 6 ta tumanni bog‘laydigan “Oltin halqa” tashkil etilmoqda
Davlat rahbari infratuzilmani qurish ishlarini tizimli olib borish uchun boshqaruv kompaniyasi tuzish taklifini bildirdi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Toshkent viloyatida Zangiota, Chinoz, Ohangaron, Angren, Parkent va Bo‘stonliq tumanlarini bog‘laydigan “Toshkent viloyatining oltin halqasi” tashkil etilmoqda. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishish chog‘ida ma’lum
qilindi. Taqdimotda Parkent tumanida turizmni rivojlantirish loyihasi namoyish qilindi.
Qayd etilishicha, Parkent tumanida Kumushkon, Zarkent va So‘qoq qishloqlari atrofida dam olish maskanlari ko‘p. Lekin infratuzilma yetarli bo‘lmagani sababli xizmatlar rivojlanmagan.
Shu bois bu bo‘yicha alohida bosh reja ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Parkentdagi turizm hududiga olib boruvchi yo‘llar yaxshilanib, elektr energiyasi, ichimlik suvi tarmoqlari quvvati oshiriladi.
Qarovsiz adirliklarga suv chiqarilib, soya-salqin maskanlar ko‘paytiriladi. Umuman aytganda, infratuzilma davlat tomonidan barpo etilib, turizm uchun istiqbolli hududlar auksionga qo‘yiladi.
Davlat rahbari bu ham iqtisodiy, ham ijtimoiy loyiha ekanini ta’kidlab, infratuzilmani qurish ishlarini tizimli olib borish uchun boshqaruv kompaniyasi tuzish taklifini bildirdi.
Taqdimotda Surxondaryo viloyatidagi Hakim at-Termiziy maqbarasida ziyoratchilar uchun sharoitlarni kengaytirish rejalari ham ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, Hukumatning 1053-sonli qarori bilan "Oltin halqa" turizm konsepsiyasisi tasdiqlangandi. Unga ko‘ra, konsepsiya dastlab turizm salohiyati yuqori bo‘lgan Bo‘stonliq, Parkent, Zangiota, Ohangaron, Bo‘ka, Chinoz tumanlari va Angren shahri qamrab olinadi va u keyinchalik viloyatning boshqa hududlariga ham tatbiq qilinadi.
Toshkent viloyatida turizm "Oltin xalqa" amalga oshirish istiqbolli hududlarning yangi turizm yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bog‘liqlikda rivojlantirish, turistlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, taklif etiladigan turizm mahsulotlari turlarini kengaytirish, turizm sohasida aholi bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirishga
qaratilgan.