O‘zgidromet poytaxt aholisini kuchli havo ifloslanishidan ogohlantirdi

© SputnikPilnaya burya v Uzbekistane
Pilnaya burya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda soat 23:00 gacha havoning chang mayda zarralari bilan ifloslanishi kuchayishi kutilmoqda.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. 17 oktabr kuni 18:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahri atmosfera havosi mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.
Bunga uzoq vaqt davomida yog‘ingarchilikning bo‘lmagani va havo haroratining inversiyasi sabab bo‘lgan.
Shu munosabati bilan Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga quyidagi maslahatlar berilgan:
imkoni boricha, uydan chiqmaslikka harakat qilish kerak.
ko‘chada bo‘lganda, albatta, tibbiy niqob taqish va uni har bir soatda almashtirish lozim.
nafas qaytishi, burun bitishi, aksa urish, tumov, ko‘zlar qizarishi va qichishishi, tomoqda qattiq qichishish, yo‘tal paydo bo‘lganda zudlik bilan allergolog shifokorga murojaat qilish lozim.
Shuningdek, tuzli eritmada burun va tomoqni chayish, oynalarni yopiq holatda saqlash, oynalarning oldida xo‘l sochiqlarni yoyib qo‘yish tavsiya etiladi.
IQAir portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Toshkent dunyoda havo ifloslanish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi.
© Foto: O‘zgidrometToshkent havosi, 17-oktabr soat 16:48 holatiga ko‘ra
Toshkent havosi, 17-oktabr soat 16:48 holatiga ko‘ra - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Toshkent havosi, 17-oktabr soat 16:48 holatiga ko‘ra
Yangiliklar lentasi
0