https://oz.sputniknews.uz/20221017/fargona-tumaniga-yangi-hokim-tayinlandi-29191576.html
Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi
Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Tumanning avvalgi hokimi Shuhratjon Mo‘minov prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan sentabr oyi oxirida lavozimidan ozod qilingan. 17.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-17T11:41+0500
2022-10-17T11:41+0500
2022-10-17T11:41+0500
jamiyat
yangi tayinlov
farg‘ona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/95/11189536_0:0:963:541_1920x0_80_0_0_22daab56a57c67f7ff976066d62e22b2.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Xamidullo Tadjiyevich Inomov Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.Qayd etilishicha, bugun xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan va Hamidullo Inomov tuman hokimi etib tasdiqlangan.Tayinlovga qadar, Inomov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma’muriyatchiligi departamenti davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.Ma’lumot uchun, Hamidullo Inomov 1982-yilda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan.Eslatib o‘tamiz, tumanning 2020-yilda tayinlangan avvalgi hokimi Shuhratjon Mo‘minov prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan sentabr oyi oxirida lavozimidan ozod qilingan edi. Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Mo‘minov bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini aytgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1118/95/11189536_90:0:811:541_1920x0_80_0_0_b8bdb8bb672737c11ad491544da3f1ba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, yangi tayinlov, farg‘ona
jamiyat, yangi tayinlov, farg‘ona
Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi
Tumanning avvalgi hokimi Shuhratjon Mo‘minov prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan sentabr oyi oxirida lavozimidan ozod qilingan.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Xamidullo Tadjiyevich Inomov Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda
O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun xalq deputatlari Farg‘ona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan va Hamidullo Inomov tuman hokimi etib tasdiqlangan.
Tayinlovga qadar, Inomov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar ma’muriyatchiligi departamenti davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ishini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh inspektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Hamidullo Inomov 1982-yilda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, tumanning 2020-yilda tayinlangan avvalgi hokimi Shuhratjon Mo‘minov prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan sentabr oyi oxirida lavozimidan ozod qilingan edi. Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Mo‘minov bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini aytgandi.