https://oz.sputniknews.uz/20221016/norov-istanbulda-tdt-tashqi-ishlar-vazirlari-yigilishida-ishtirok-etadi-29172168.html
Norov Istanbulda TDT tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi
Norov Istanbulda TDT tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi
Sputnik O‘zbekiston
Yig‘ilishda vazirlar 11-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TDTning birinchi sammiti kun tartibi va tayyorgarlik jarayonini muhokama qilishlari rejalashtirilgan. 16.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-16T10:52+0500
2022-10-16T10:52+0500
2022-10-16T10:56+0500
siyosat
vladimir norov
istanbul
turkiy davlatlar tashkiloti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/02/26751011_0:209:1043:796_1920x0_80_0_0_cb221f472b0c6e90f4e4a9688da8413a.jpg
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. 17-oktabr kuni Istanbul shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Yig‘ilishda 11-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TDTning birinchi sammiti kun tartibi va tayyorgarlik jarayoni, shu jumladan TDT davlat rahbarlari kengashiga imzolash uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilishni ko‘zda tutilgan.Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosat va tashkilot doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.O‘tgan yili Turkiyaning Istanbul shahri bo‘lib o‘tgan sammitda Turkiy kengash nomini Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.Eslatib o‘tamiz, Ostonadagi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK) sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyevni qabul qilib, Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/02/26751011_0:111:1043:893_1920x0_80_0_0_466aff57b171405c137baaabb71b5328.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, vladimir norov, istanbul, turkiy davlatlar tashkiloti
siyosat, vladimir norov, istanbul, turkiy davlatlar tashkiloti
Norov Istanbulda TDT tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi
10:52 16.10.2022 (yangilandi: 10:56 16.10.2022) Yig‘ilishda vazirlar 11-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TDTning birinchi sammiti kun tartibi va tayyorgarlik jarayonini muhokama qilishlari rejalashtirilgan.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. 17-oktabr kuni Istanbul shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati
xabar bermoqda. Yig‘ilishda 11-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TDTning birinchi sammiti kun tartibi va tayyorgarlik jarayoni, shu jumladan TDT davlat rahbarlari kengashiga imzolash uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilishni ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosat va tashkilot doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
O‘tgan yili Turkiyaning Istanbul shahri bo‘lib o‘tgan sammitda Turkiy kengash nomini Turkiy davlatlar tashkiloti deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.
Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo. Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.
Eslatib o‘tamiz, Ostonadagi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK) sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyevni qabul qilib, Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalarini
muhokama qilgan edi.