Kishinyovda muxolifatning norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda

Obuna bo‘lish
Moldova poytaxtida bir necha ming kishi norozilik namoyishida qatnashapti.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Moldova poytaxti Kishinyovda bir necha ming kishi muxolifatning norozilik namoyishida qatnashapti. Namoyishchilar parlamentga muddatidan oldingi saylov o‘tkazishni talab qilishmoqda.
Odamlar poytaxtning asosiy ko‘chalari bo‘ylab, prezident ma’muriyati va parlament binolari tomon yo‘l olishmoqda.
“Shor” partiyasi deputatlari bilan harakatlanayotgan olomon “Mayya Sandu (Moldova prezidenti) yo‘qolsin!”, “Iste’fo!”, “Muddatidan oldingi saylovlar o‘tkazilsin!” deb qichqirmoqda.
Moldovada norozilik namoyishlari yoz oyida boshlangandi, ular mamlakatning turli hududlarida o‘tkazilgan. Namoyishchilar hukumatni elektr energiyasi, oziq-ovqat narxi oshishi va boshqa muammolarda ayblamoqda.
Shuningdek, ular mamlakat rahbariyatini Rossiya bilan arzon gaz borasida muzokaralarni o‘tkazishni istamayotgani va muxolifat vakillariga siyosiy bosim o‘tkazayotgani uchun tanqid qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0