https://oz.sputniknews.uz/20221014/ayrim-maktab-va-bogchalarda-dzyudo-sport-turi-yanada-rivojlantiriladi-29119767.html
Ayrim maktab va bog‘chalarda dzudo sport turi yanada rivojlantiriladi
Ayrim maktab va bog‘chalarda dzudo sport turi yanada rivojlantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Bir qator tashkilotlar 20ta maktab va 35ta bog‘chada dzudo sport turini yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. 14.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-14T09:29+0500
2022-10-14T09:29+0500
2022-10-14T09:29+0500
sport
dzudo
maktab
bog‘chalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0e/29119859_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_8faf0d78adba7ae0b33205ea683184b4.jpg
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekistondagi bir qator maktab va bog‘chalarda dzudo sport turi yanada rivojlantiriladi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.Aytilishicha, O‘zbekiston dzudo federatsiyasi, Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF), O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.Unga ko‘ra, Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF) “Maktablarda dzudo” dasturi bo‘yicha dzudoga ixtisoslashtiriladigan 20 ta maktabni dzudo tatamilari va bolalar kimonolari bilan ta’minlaydi. Sportni rivojlantirish vazirligi “Maktablarda dzudo” dasturi asosida tashkil etilgan seksiyalarni trenerlar bilan ta’minlaydi. Umumta’lim muassasalarida bolalar o‘rtasida dzudo musobaqalarini tashkil etadi. O‘zbekiston dzudo federatsiyasi esa tashkil etilgan seksiyalarga sport anjomlari va jihozlar yetkazib beradi. Xalqaro mutaxassislarni jalb qilish orqali mahorat darslari, treninglar o‘tkazadi va o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqadi.Memorandum doirasida kelgusi yildan boshlab 35 ta MTT larda bosqichma-bosqich dzudo to‘garaklari ochiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0e/29119859_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_32d2d0d137b6a19c02d07746ea67b247.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sport, dzudo, maktab, bog‘chalar
sport, dzudo, maktab, bog‘chalar
Ayrim maktab va bog‘chalarda dzudo sport turi yanada rivojlantiriladi
Bir qator tashkilotlar 20ta maktab va 35ta bog‘chada dzudo sport turini yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekistondagi bir qator maktab va bog‘chalarda dzudo sport turi yanada rivojlantiriladi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar
berdi. Aytilishicha, O‘zbekiston dzudo federatsiyasi, Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF), O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Unga ko‘ra, Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF) “Maktablarda dzudo” dasturi bo‘yicha dzudoga ixtisoslashtiriladigan 20 ta maktabni dzudo tatamilari va bolalar kimonolari bilan ta’minlaydi.
Sportni rivojlantirish vazirligi “Maktablarda dzudo” dasturi asosida tashkil etilgan seksiyalarni trenerlar bilan ta’minlaydi. Umumta’lim muassasalarida bolalar o‘rtasida dzudo musobaqalarini tashkil etadi.
O‘zbekiston dzudo federatsiyasi esa tashkil etilgan seksiyalarga sport anjomlari va jihozlar yetkazib beradi. Xalqaro mutaxassislarni jalb qilish orqali mahorat darslari, treninglar o‘tkazadi va o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqadi.
Memorandum doirasida kelgusi yildan boshlab 35 ta MTT larda bosqichma-bosqich dzudo to‘garaklari ochiladi.