Qurilish sohasidagi talablar soddalashtirilmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOdin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim
Odin den s xokimom Yashnabada - Xojiakbarom Tillyashayxovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2022
Obuna bo‘lish
Qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun smeta-resurs normalari tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Hukumatning “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Hujjatga muvofiq, 2023-yilning 1-yanvaridan:
"Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonun doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati smeta-resurs normalari asosida shakllantiriladi;
qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun smeta-resurs normalari tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi;
qurilish reglamentlari hamda smeta-resurs normalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar jumlasiga kirmaydi hamda ularni Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi;
shaharsozlik normalari va qoidalari (keyingi o‘rinlarda – ShNQ) har 3-4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va zaruratga ko‘ra yangilab boriladi;
qurilish materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat qurilish vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
quyidagi xorijiy normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan hamda xorijiy davlatlarda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalarning tegishli qismlari O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi va ushbu qismlar bo‘yicha mahalliy ekspertiza organlaridan ekspertizadan o‘tkazilmaydi:

T/r

Normativ hujjatlar nomi

1.

Yevrokodlar (European Codes, ES)

2.

Britaniya standartlari (British Standards, VS)

3.

Xitoy milliy qurilish standartlari(GB, CJ, JC, JG va boshqalar)

4.

Koreya qurilish kodlari(Korean building code, KVS)

5.

Rossiya Qurilish meyorlar va qoidalar (SNiP)

6

AQSh xalqaro qurilish kodlari(International building code, IBC)

7.

Yaponiya milliy standartlari(Japanese Industrial Standards, JIS)

Qurilish vazirligiga "Qurilish reglamentlari" va "Smeta-resurs normalari"ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ularning yangilarini qabul qilish yoki ahamiyatni yo‘qotganlarini bekor qilish huquqi berilmoqda.
Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlanmoqda:
2023 yilda o‘zaro umumlashtiriladigan shaharsozlik normalari va qoidalari ro‘yxati (44 ta ShNQ 14 ta ShNQga umumlashtiriladi);
2023 yilda o‘zaro birlashtiriladigan qurilish ishlari uchun "Smeta-resurs normalari" to‘plamlari ro‘yxati (35 ta to‘plam 16 taga birlashtiriladi);
2023 yil 1-yanvardan majburiyligi bekor qilinadigan va "Qurilish reglamentlari" toifasiga o‘tkaziladigan 30 ta ShNQ ro‘yxati;
2023 yil 1-yanvardan majburiyligi bekor qilinadigan va ma’lumotnoma toifasiga o‘tkaziladigan 76 ta ShNQ ro‘yxati;
2023 yil 1-yanvardan majburiyligi bekor qilinadigan va qurilish ishlari uchun "Smeta-resurs normalari" toifasiga o‘tkaziladigan 46 ta ShNQ ro‘yxati.
Yangiliklar lentasi
0