Xitoy TIV AQShning besh yillik maxfiy rejasini esladi

© AFP 2023 / GREG BAKEROfitsialniy predstavitel MID KNR Chjao Liszan
Ofitsialniy predstavitel MID KNR Chjao Liszan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Chjao Liszan AQShning yetti davlatni bosib olmoqchiligini esladi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Liszan Twitter’dagi sahifasida AQSh armiyasining iste’fodagi generali Uesli Klarkning Pentagonning yigirma yil avvalgi harbiy rejalari haqidagi nutqidan parchani joylashtirdi.
“Sizda faqat bolg‘a bo‘lsa, hamma narsa mixga o‘xshaydi”, - deb yozgan Xitoy diplomati Klarkdan iqtibos keltirgan holda.
Uning sahifasiga joydangan kadrlarda generalning 2007-yilda Kaliforniya Hamdo‘stligi klubida “Yetakchilik vaqti: burch, sharaf, Vatan uchun” mavzusidagi ma’ruzasi yozilgan yozuv ko‘rsatilgan. U yerda harbiy rahbar 2001-yilda Pentagonda Bosh shtab vakili AQSh Mudofaa vazirligining maxfiy strategiyasi — besh yil ichida yettita davlatlardagi hukumatlarga hujum qilish va yo‘q qilish borasidagi rejasini gapirib bergandi.
Gap Iroq, Suriya, Livan, Liviya, Somali, Sudan va Eron haqida borgandi. Klarkning ta’kidlashicha, Pentagon xodimlarining o‘zlari harbiy harakatlar uchun zarur shartlar nima ekanligini to‘liq tushunmaydi.
Predstavitel MID Kitaya Chjao Liszan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Xitoy TIV bir surat bilan G‘arb demokratiyasi ustidan kuldi
Yangiliklar lentasi
0