Vengriya Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarga qarshi chiqdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPeter Siyarto, arxivnoe foto
Peter Siyarto, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
Budapesht Brussel energetika inqirozini keltirib chiqargan sanksiya siyosatini o‘zgartirish kerakligini takrorlab keladi
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Vengriya Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha energetika sanksiyalariga qarshi chiqadi va Yevropa Ittifoqi (YeI) bu sohada yangi takliflarni bildirmasligiga umid qiladi. Bu Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi.
“Brusselning xato sanksiyalari Yevropada energetika inqirozini keltirib chiqardi. Afsuski, nafaqat narxlar, balki Yevropa komissiyasining takliflari ham mutlaqo voqelikdan yiroqda ekan. Biz sog‘lom fikrga qaytishim darkor, aks holda bizda katta muammolar bo‘ladi”, - deya yozdi Vengriya TIV rahbari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun Pragada YeI mamlakatlari energetika vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
“Umid qilamizki, Brusseldan boshqa “buyuk” g‘oyalar bo‘lmaydi”, - deydi Siyarto.
Qayd etish joizki, Budapesht Brussel energetika inqirozini keltirib chiqargan sanksiya siyosatini o‘zgartirish kerakligini takrorlab keladi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi energetika sanksiyalarini yil oxiriga qadar bekor qilish zarurligini ta’kidlagan.
G‘arb Donbass aholisini himoya qilishga qaratilgan Ukrainadagi maxsus operatsiya tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i hamda oziq-ovqat narxining oshishiga olib keldi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligi va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0