Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Shifokor ozdiruvchi dorilar xavfi haqida ogohlantirdi

CC0 / Pixabay / Belie tabletki v butilke
Belie tabletki v butilke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
Mutaxassisning aytishicha, ozdiruvchi preparatlar yog‘ to‘qimalarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi
Shifokor -parhezshunos, tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksey Kovalkov ozish uchun iste’mol qilinadigan tabletkalarning salomatlik uchun salbiy ta’sirlari haqida so‘zlab bergan.
Uning aytishicha, aslida bunday tabletkalarning yog‘ to‘qimalariga hech qanday bog‘liqligi yo‘q. Shuningdek ichaklar va siydik pufagiga ham ushbu tabletkalar hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Balki, buyrak va jigar salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi.
“Ko‘pchilik surunkali buyrak yetishmovchiligiga chalinadi, va hatto buni bilmasligi ham mumkin. Buni faqat tibbiy tahlillar orqali aniqlash mumkin. Shunda odamlar tibbiy savodxonlik yetishmasligi tufayli buyraklarni siydik haydovchi vositalar - tabletkalar bilan “tuzatmoqchi” bo‘lishadi. Bu sababli hatto vafot etish mumkin. Jigar ham xuddi shunday. Jigar yog‘li gepatozi ayrim insonlarda sirroz kasalligiga aylanishi mumkin”, - deydi mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0