Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev po priglasheniyu Prezidenta Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomarta Tokayeva otbil s rabochim vizitomv gorod Astanu
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev po priglasheniyu Prezidenta Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomarta Tokayeva otbil s rabochim vizitomv gorod Astanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Ostonada “muloqot forumi”da nutq so‘zlaydi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Prezident u yerda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlislarida ishtirok etadi.
Ushbu sammitlar doirasida hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Ostonada “muloqot forumi”da nutq so‘zlaydi.
Ma’lumot uchun, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti — mintaqa mamlakatlari o‘rtasida “muloqot forumi” sifatida tanilgan.
Uning asosiy maqsadi — Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, giyohvandlik vositalarining noqonuniy ishlab chiqarilishi va aylanishiga qarshi kurash, savdo-iqtisodiy hamkorlikdan iborat.
Bugunga qadar 51ta delegatsiya rahbarlari sammitda ishtirok etishini tasdiqlagan. Ularning 12 nafari davlat rahbarlaridir. Xususan, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Iroq, Eron, Qatar, Falastin kabi mamlakatlar prezidentlari sammitda qatnashadi.
Yangiliklar lentasi
0