Rossiya FXX Qrim ko‘prigidagi terakt tashkilotchilarini aniqladi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishChP na Krimskom mostu
ChP na Krimskom mostu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
Qrim ko‘prigidagi terakt tashkilotchisi Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi va uning rahbari ekanini aniqlandi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Qrim ko‘prigidagi terakt tashkilotchisi Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov ekanini aniqladi.

“Federal xavfsizlik xizmati Tergov qo‘mitasi bilan birgalikda Qrim ko‘prigidagi terakt tashkilotchisi Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi, uning rahbari Kirill Budanov, xodimlari va agenturasi ekaninini aniqladi”, - deyilgan Rossiya FXX xabarida.

Shuningdek, Qrim ko‘prigidagi teraktni uyushtirishga aloqador 12 kishi aniqlangan, ulardan sakkiz nafari qo‘lga olingan.
“Hozir jinoiy ish doirasida jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rishda qatnashgan besh nafar Rossiya fuqarosi, uch nafar Ukraina va Armaniston fuqarosi qo‘lga olingan”, - deyiladi xabarda.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, terakt uyushtirishga mo‘ljallangan portlovchi modda plonka o‘ramlariga yashirilgan bo‘lgan. Portlovchi modda Odessadan Bolgariya, Gruziya va Armaniston orqali jo‘natilgan.
Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr kuni Qrim ko‘prigi ustida yuk mashinasi portlatib yuborildi. Portlash oqibatida ko‘prikning avtomobillar yo‘llaridan biri shikastlandi, parallel yo‘nalishda temir yo‘lda ketayotgan poyezd sisternalari ham zarar ko‘rdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin bilan uchrashuv chog‘ida ushbu favqulodda holatni terakt deb atadi va uni tashkillashtirishda Ukraina maxsus xizmatlarini aybladi.
Yangiliklar lentasi
0