Rossiya FXX Moskvada terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan Ukraina agentini qo‘lga oldi

Obuna bo‘lish
Ukraina maxsus xizmatlari Moskva viloyatida uyushtirmoqchi bo‘lgan terrorchilik aktlariga tayyorgarlik ko‘rishning oldi olindi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Moskva viloyatida ikkita “Igla” ko‘chma zenit raketa kompleksini qo‘llab, terakt uyushtirishni rejalashtirgan Ukraina xavfsizlik xizmati agenti qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xabar berdi.
“Moskva mintaqasida Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yuqori aniqlikdagi qurol yordamida qo‘poruvchilik terrorchilik aktlariga tayyorgarlik ko‘rishning oldi olindi. 1972-yilda tug‘ilgan Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi”, - deyiladi xabarda.
Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Ukraina Xavfsizlik xizmati topshirig‘iga binoan avtomobilida yashirin tarzda Kiyevdan Rossiyaga Estoniya orqali “Igla” ko‘chma zenit raketa kompleksini terrorchilik aktlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun olib kelgan va ularni saqlash uchun joy topgan.
“Figurant qilmishidan pushaymon bo‘ldi va tergov bilan hamkorlik qilmoqda”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Undan ikkita “Igla” quroli va uning jinoyat xatti-harakatlarini tasdiqlovchi aloqa vositalari musodara qilingan.
Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy ish ochilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0