Qo‘qonda etnosport bo‘yicha festival bo‘lib o‘tmoqda – foto

Obuna bo‘lish
Ishtirokchilar dorbozlik, merganlik, tosh ko‘tarish, kurash kabi milliy o‘yinlarda kuch sinashishdi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Bugun Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida “Etnosport challenge 2022” festivali o‘z ishini boshladi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, festival uchun Qo‘qon shahri bejizga tanlanmagan. Bu yerda xalq sayillari oldindan o‘tkazib kelingan. Qolaversa, mazkur hududda unutilayozgan milliy o‘yinlar ham qayta tiklanmoqda.

"Dorbozlik, sirk san’ati juda rivojlangan. Qo‘qonda sirk san’atini butun dunyoga tanitayotgan polvonlar bor. Umuman olganda, Farg‘ona, Qo‘qon xalq milliy o‘yinlariga boy hudud. O‘ylaymanki, milliy o‘yinlarimiz turistlarni o‘ziga jalb qila oladi”, - deydi Turizm va madaniy meros vazirligi boshqarma boshlig‘i Zarrina Abdullayeva.

Festivalga nafaqat O‘zbekiston balki, Qirg‘izistondan ham ishtirokchilar tashrif buyurgan. Ular dorbozlik, merganlik, tosh ko‘tarish, kurash kabi milliy o‘yinlarda kuch sinashishdi.
Ma’lumot uchun, etnosport an’anaviy o‘yinlarning haqiqiyligini saqlab qolish va ularni zamonga muvofiqlashtirish imkonini beruvchi sport tadbirlarining shaklidir.
© Turizm va madaniy meros vazirligi
“Etnosport challenge 2022” festivali  - Sputnik O‘zbekiston
1/6
© Turizm va madaniy meros vazirligi
“Etnosport challenge 2022” festivali  - Sputnik O‘zbekiston
2/6
© Turizm va madaniy meros vazirligi
“Etnosport challenge 2022” festivali  - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Turizm va madaniy meros vazirligi
“Etnosport challenge 2022” festivali  - Sputnik O‘zbekiston
4/6
5/6
6/6
Yangiliklar lentasi
0