https://oz.sputniknews.uz/20221012/ozbekiston-rossiya-energetika-haftaligida-ishtirok-etadi--29065201.html
O‘zbekiston Rossiya energetika haftaligida ishtirok etadi
O‘zbekiston Rossiya energetika haftaligida ishtirok etadi
Sputnik O‘zbekiston
Ayni damda 70dan ortiq davlatlardan 3000 dan ortiq ishtirokchilar REN-2022 xalqaro forumida ishtirok etishini tasdiqlagan. 12.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-12T18:49+0500
2022-10-12T18:49+0500
2022-10-12T18:49+0500
rossiya
iqtisod
forum
energetika
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0c/29062932_0:165:3055:1883_1920x0_80_0_0_ece9894c357d80530f67f4319f454c62.jpg
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Rossiya energetika haftaligi xalqaro forumida 70dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan O‘zbekiston ham yuqori darajada ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.Xususan, Forumda Ozarbayjon, Jazoir, Vengriya, Venesuela, Vetnam, Qozog‘iston, Mali, Manma, Belarus Respublikasi, Suriya, Serra-Leone, Turkiya, Shri-Lankadan 16 nafar tashqi ishlar vazirlari, 50 ga yaqin diplomatik korpus rahbarlari tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Undan tashqari ushbu forumda Abxaziya va O‘zbekistonning yuqori martabali rasmiylari ham ishtirok etadi.Forumning asosiy sessiyalari doirasida xorijlik mehmonlar Rossiyadan kelgan professional hamjamiyat bilan birgalikda energetikaning barqaror rivojlanishi bilan bog‘liq mavzularni muhokama qiladilar, eng muhim masala yechimlarini izlaydilar: jahon neft va gaz bozorini nima kutmoqda? yaqin kelajakda, shuningdek, global siyosiy va iqtisodiy tartibdagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar fonida yangi uyushmalar yaratish jarayonini muhokama qilinadi.Ma’lumot uchun, 12-14 oktabr kunlari "Manej" markaziy ko‘rgazmalar zalida (Moskva) “Rossiya energetika haftaligi” beshinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Forum zamonaviy yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirishning dolzarb tendensiyalarini muhokama qilish uchun asosiy platformalardan biri hisoblanadi. Forum "Roskongress" jamg‘armasi, Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tomonidan Moskva hukumati ko‘magida tashkil etilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0c/29062932_162:0:2893:2048_1920x0_80_0_0_c1447618addb277c209715a34a06aab8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, iqtisod, forum, energetika, o‘zbekiston
rossiya, iqtisod, forum, energetika, o‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiya energetika haftaligida ishtirok etadi
Ayni damda 70dan ortiq davlatlardan 3000 dan ortiq ishtirokchilar REN-2022 xalqaro forumida ishtirok etishini tasdiqlagan.
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Rossiya energetika haftaligi xalqaro forumida 70dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan O‘zbekiston ham yuqori darajada ishtirok etadi, deb
xabar qilmoqda RIA Novosti.
"REN-2022 boshlanishiga bir kun qolganda 70 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan 3000 dan ortiq ishtirokchilar kelishni tasdiqladi", - dedi Anton Kobakov, Rossiya prezidenti maslahatchisi, REN tashkiliy qo‘mitasining ijrochi kotibi.
Xususan, Forumda Ozarbayjon, Jazoir, Vengriya, Venesuela, Vetnam, Qozog‘iston, Mali, Manma, Belarus Respublikasi, Suriya, Serra-Leone, Turkiya, Shri-Lankadan 16 nafar tashqi ishlar vazirlari, 50 ga yaqin diplomatik korpus rahbarlari tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Undan tashqari ushbu forumda Abxaziya va O‘zbekistonning yuqori martabali rasmiylari ham ishtirok etadi.
"Bugungi kunda sayyoramizning energetika xavfsizligi yoqilg‘i-energetika sanoatining barqaror ishlashiga bog‘liq. Shu munosabat bilan energiya bozorlarining asosiy ishtirokchilari o‘rtasida umumiy til topish muhim ahamiyatga ega. Bunga REN-2022 platformasi yordam beradi”, — dedi Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Aleksandr Novak.
Forumning asosiy sessiyalari doirasida xorijlik mehmonlar Rossiyadan kelgan professional hamjamiyat bilan birgalikda energetikaning barqaror rivojlanishi bilan bog‘liq mavzularni muhokama qiladilar, eng muhim masala yechimlarini izlaydilar: jahon neft va gaz bozorini nima kutmoqda? yaqin kelajakda, shuningdek, global siyosiy va iqtisodiy tartibdagi keng ko‘lamli o‘zgarishlar fonida yangi uyushmalar yaratish jarayonini muhokama qilinadi.
Ma’lumot uchun, 12-14 oktabr kunlari "Manej" markaziy ko‘rgazmalar zalida (Moskva) “Rossiya energetika haftaligi” beshinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Forum zamonaviy yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirishning dolzarb tendensiyalarini muhokama qilish uchun asosiy platformalardan biri hisoblanadi. Forum "Roskongress" jamg‘armasi, Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi tomonidan Moskva hukumati ko‘magida tashkil etilgan.