https://oz.sputniknews.uz/20221012/ostonada-osiyoda-hamkorlik-va-ishonch-choralari-boyicha-kengashining-vi-sammiti-boshlanadi-29053109.html
Ostonada Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining VI sammiti boshlanadi
Ostonada Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining VI sammiti boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammitida 11 davlat rahbarlari ishtirok etadi. 12.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-12T11:51+0500
2022-10-12T11:51+0500
2022-10-12T11:51+0500
dunyoda
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/555/91/5559137_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_5143c0e2efb1b0dde46d5e47692a784d.jpg
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Bugun Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti o‘z ishini boshlaydi. Sammitda 11 davlat yetakchilari ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aybek Smadiyarov.Sammitda O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Iroq, Eron, Qatar, Qirg‘iziston, Falastin, Tojikiston, Turkiya, Vyetnam va Xitoy rahbarlari ishtirok etadi. Belarus prezidenti sammitda kuzatuvchi sifatida qatnashadi.Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu uchrashuv chog‘ida dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi. Tomonlar ikki tomonlama sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qilishadi.Ma’lumot uchun, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashi 1992-yilda Qozog‘iston tashabbusi bilan tashkil etilgan davlatlararo forum bo‘lib, uning faoliyati muloqot uchun sharoit yaratish, qarorlar qabul qilish va Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.Hozirda mintaqaning 27 davlati Kengash a’zosi bo‘lib, unda sakkiz davlat va besh xalqaro tashkilot kuzatuvchi hisoblanadi.O‘zbekiston 2002-yil 4-iyunda O‘SMMning asosiy hujjati – Olmaota qonunini imzolagan.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/555/91/5559137_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_1d56efb3c14d78ded85e8c86668d8a01.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qozog‘iston
Ostonada Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashining VI sammiti boshlanadi
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammitida 11 davlat rahbarlari ishtirok etadi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Bugun Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti o‘z ishini boshlaydi. Sammitda 11 davlat yetakchilari ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Aybek Smadiyarov.
“Joriy yilning 12-13 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengashning oltinchi sammitida 11 davlat rahbari, bir vitse-prezident, bir nafar rais o‘rinbosari va besh nafar vazir ishtirok etadi”, deydi Smadiyarov.
Sammitda O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Iroq, Eron, Qatar, Qirg‘iziston, Falastin, Tojikiston, Turkiya, Vyetnam va Xitoy rahbarlari ishtirok etadi. Belarus prezidenti sammitda kuzatuvchi sifatida qatnashadi.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu uchrashuv chog‘ida dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi. Tomonlar ikki tomonlama sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qilishadi.
Bugun Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni qabul qildi. Uchrashuvda Qozog‘iston prezidenti Qatar amiriga Qozog‘iston Respublikasining oliy davlat mukofoti – "Oltin Burgut" (“Altin Qiran”) ordenini topshirdi.
Ma’lumot uchun, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashi 1992-yilda Qozog‘iston tashabbusi bilan tashkil etilgan davlatlararo forum bo‘lib, uning faoliyati muloqot uchun sharoit yaratish, qarorlar qabul qilish va Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash sohasida chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Hozirda mintaqaning 27 davlati Kengash a’zosi bo‘lib, unda sakkiz davlat va besh xalqaro tashkilot kuzatuvchi hisoblanadi.
O‘zbekiston 2002-yil 4-iyunda O‘SMMning asosiy hujjati – Olmaota qonunini imzolagan.