Kreml Putin va Mask oxirgi marta qachon gaplashganini aytdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2022
Obuna bo‘lish
Peskov: Men sizga faqat ular bir yarim yil oldin telefon orqali gaplashganini tasdiqlashim mumkin.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov amerikalik tadbirkor Ilon Maskning Ukraina bo‘yicha kelishuv rejasi e’lon qilinishidan oldin u va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning suhbati bo‘lib o‘tgani haqidagi da’volarni rad etdi.

“Yo‘q, bu noto‘g‘ri”, - dedi Peskov Maskning Rossiya Federatsiyasi rahbari bilan suhbatlashgani haqidagi savolga javob berar ekan.

"Men sizga faqat ular bir yarim yil oldin telefon orqali gaplashganini tasdiqlashim mumkin”, - dedi Peskov jurnalistlarga.
Amerikaning “Vice” nashri go‘yoki Mask yaqinda Putin bilan suhbatlashgani haqida xabar bergan edi. Nashr amerikalik siyosatshunos Yan Bremmerga tayanib yozgan, Bremmer o‘z navbatida biznesmen bilan suhbatidan iqtibos keltirgan. Bremmerning so‘zlariga ko‘ra, Mask unga Putin “muzokaralarga tayyor”ligini aytgan.
Mask avvalroq Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlarini taklif qilgan edi. Uning rejasi to‘rt banddan iborat: Qrim Rossiya tarkibida qolishi lozim; Donbass, Xerson va Zaporojye viloyatlarida BMT nazorati ostida takroriy referendumlar o‘tkazilishi kerak; Qrim yarimorolini suv ta’minoti kafolatlari bilan ta’minlash zarur; Ukrainaning betaraf maqomini mustahkamlash darkor.
Yangiliklar lentasi
0