Shaharsozlik normalari qayta ko‘rib chiqiladi

© Depositphotos / weissdergeierTashkentskaya telebashnya
Tashkentskaya telebashnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2022
Obuna bo‘lish
1 noyabrdan boshlab shaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3-4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va zaruratga ko‘ra yangilab boriladi.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Endi eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan shaharsozlik normalari hamda qoidalari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 577-son qarorida belgilangan.
Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlaridagi qiymati smeta-resurs normalari asosida shakllantiriladi.
Shuningdek, qurilish-montaj, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun smeta-resurs normalari tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ladi.
Qu rilish reglamentlari hamda smeta-resurs normalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar jumlasiga kirmaydi hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi.
Bundan tashqari, 1-noyabrdan boshlab:
shaharsozlik normalari va qoidalari kamida har 3-4 yilda qayta ko‘rib chiqiladi va zaruratga ko‘ra yangilab boriladi;
qurilish materiallari va jihozlariga oid standartlar faqat Qurilish vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
shaharsozlik faoliyati sohasiga doir milliy normativ hujjatlar bilan bir vaqtda ruxsat etiladigan xorijiy normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan hamda xorijiy davlatlarda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalarning tegishli qismlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi.
Yangiliklar lentasi
0