Saudiyalik jurnalist AQSh Zelenskiyni qanday aldaganini tushuntirib berdi

© AFP 2023 / Sergei SupinskyPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy, arxivnoe foto
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2022
Obuna bo‘lish
Dastlab AQSh Zelenskiyni NATOga kirishga undagan, ammo keyin uning arizasini rad etgan – “Asharq Al-Awsat”.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainani NATOning bir qismi bo‘lishga undadi va Zelenskiy alyansga tezlashtirilgan tarzda kirish uchun ariza berganida, Vashington buni keyinga qoldirdi. Bu haqda RIA Novosti “Asharq Al-Awsat” sharhlovchisi Savsan ash-Shayerga tayanib, xabar berdi.

“Vashington Moskva bunga ko‘z yummasligini bilib, Kiyevni NATOga a’zo bo‘lishga da’vat qila boshladi. Merkel o‘shanda Ukrainani alyansga qabul qilishga qarshi edi (u amerikaliklarning yashirin niyatlarini tushungan bo‘lsa kerak), lekin hech kim unga quloq solmadi. Kiyev o‘z-o‘zidan turib oldi va Bayden ma’muriyati buni qo‘llab-quvvatladi”, - deydi Savsan ash-Shayer.

“Asharq Al-Awsat” sharhlovchisining ta’kidlashicha, Zelenskiyning o‘zi NATOga qo‘shilish maqsadida qat’iy turib oldi va uning tanlovi Ukraina uchun og‘ir oqibatlarga olib keldi.
“Yaqinda Zelenskiy NATOga tezda qo‘shilish uchun ariza berdi. U tashkilotdagilar ochiq ko‘ngillikbilan qabul qilishlarini o‘ylagandi, ammo natija qanday bo‘ldi? Amerika hozir buni vaqti emasligini aytdi! Jiddiy? Aslida, AQSh uni NATOga kirishga undamaganmidi? Nega endi vaqtiemas”, - deb so‘raydi sharhlovchi.
Shuningdek, Savsan ash-Shayer alyans Rossiya bilan hozir ham, keyin ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka kirishishni rejalashtirmagani uchun NATOga a’zolik arizasi yaqin kelajakda ma’qullanmaydi, degan fikrga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy NATOga a’zo bo‘lish uchun tezkorlik bilan ariza berayotganini ma’lum qilgandi. Uning bayonoti Vladimir Putin va DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari rahbarlari hududlarni Rossiyaga qo‘shib olish to‘g‘risidagi bitimlarni imzolaganidan so‘ng yangradi.
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivanningta’kidlashicha, Ukrainani harbiy blokka qabul qilish tartibi endi o‘tib ketgan. Tashkilot bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans o‘z kuchlarini Kiyev hukumatiga o‘zini himoya qilishda yordam berishga qaratishini bildirdi.
Kremlmatbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, u “Ukrainaning NATOga yo‘naltirilgani va Ukrainaning kelajakda alyansga a’zoligini tasdiqlashi maxsus harbiy operatsiya sabablaridan biriga aylanganini” aytdi.
Yangiliklar lentasi
0