O‘zbekiston elchixonasi fuqarolardan Ukrainani tark etishni so‘radi

© press-slujba Posolstva Uzbekistana v Ukraine Posolstvo Uzbekistana napravilo notu v MID Ukraini
Posolstvo Uzbekistana napravilo notu v MID Ukraini  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2022
Obuna bo‘lish
Elchixona o‘zbekistonliklarni Ukrainadagi vaziyat o‘z iziga tushmagunicha u yerga sayohat qilishdan cheklanishga ham chaqirmoqda.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklardan Ukrainani tark etishni so‘radi.
Frontdagi vaziyatning keskinlashuvi hamda butun Ukraina bo‘ylab raketa va artilleriya zarbalarining davom etishi ehtimoli yuqoriligidan kelib chiqib, vatandoshlarimizdan shaxsiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan ushbu mamlakatni tark etishlarini so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, elchixona vatandoshlarni vaziyat o‘z iziga tushmagunicha Ukrainaga sayohat qilishdan cheklanishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr kuni Qrim ko‘prigi ustida yuk mashinasi portlatib yuborildi. Portlash oqibatida ko‘prikning avtomobillar yo‘llaridan biri shikastlandi, parallel yo‘nalishda temir yo‘lda ketayotgan poyezd sisternalari ham zarar ko‘rdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu hodisani terakt deb atadi va uni tashkillashtirishda Ukraina maxsus xizmatlarini aybladi.
Shundan so‘ng 10-oktabr kuni Ukrainaning bir necha shaharlarida infratuzilma obyektlariga yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari berildi. Putin Ukraina hududidagi bunday obyektlarga ommaviy zarba Kiyev rejimining jinoyatlariga javob tariqasida berilganini ma’lum qildi va agar Ukraina hukumati Rossiya hududida terakt uyushtirishga bo‘lgan urinishlarini davom ettirsa, Rossiyaning javobi qat’iy bo‘lishidan ogohlantirdi.
Yangiliklar lentasi
0