Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport tezligini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Obuna bo‘lish
Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 km.gacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. 10 oktabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi poytaxtning Kichik halqa avtomobil yo‘li (KHAY) ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 km.gacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
© Press-slujba xokimiyata g. TashkentSnijenie skorosti na nekotorix ulitsax Tashkenta
Snijenie skorosti na nekotorix ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Snijenie skorosti na nekotorix ulitsax Tashkenta
Shu bilan birga, Alisher Navoiy shoh ko‘chasining Labzak va Sharof Rashidov ko‘chalari oralig‘idagi qismida, Maxtumquli ko‘chasining Yahyo G‘ulomov va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari ko‘chalari oralig‘idagi qismida, Amir Temur shoh ko‘chasining KHAYdan Alisher Navoiy ko‘chalari oralig‘idagi qismida, Kichik halqa avtomobil yo‘lining Qatortol va Bunyodkor shoh ko‘chalari oralig‘idagi qismida, Islom Karimov ko‘chasining Anhor bo‘yi va Sharof Rashidov ko‘chalari oralig‘idagi qismida, Taras Shevchenko ko‘chasining Islom Karimov va Nukus ko‘chalari oralig‘idagi qismida, Bobur va Furqat ko‘chasining Shota Rustaveli va Islom Karimov ko‘chalari oralig‘idagi qismida, Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘lida transport vositalarining harakat tezligi soatiga 50 km.gacha cheklanadi.
© Press-slujba xokimiyata g. TashkentSnijenie skorosti na nekotorix ulitsax Tashkenta
Snijenie skorosti na nekotorix ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Snijenie skorosti na nekotorix ulitsax Tashkenta
Avvalroq Toshkentning Kichik halqa yo‘lida va ayrim ko‘chalarida transport tezligi cheklanishi haqida xabar qilingan edi.
Prezident: Toshkentda harakatlanish tezligi 60 km/soatgacha pasaytiriladi
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 172-sonli qaroriga ko‘ra, aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va bog‘chalar atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Yangiliklar lentasi
0