Medvedev Qrim ko‘prigidagi terakt uchun Rossiyaning ehtimoliy javobini ma’lum qildi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishDmitriy Medvedev, arxivnoe foto
Dmitriy Medvedev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari faqat terrorchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘q qilish Rossiyaning bu jinoyatga javobi bo‘lishi mumkinligini aytdi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Rossiya Ukrainaning Qrim ko‘prigiga qarshi terakti uchun faqat terrorchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘q qilish bilan javob qaytarishi kerak. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev jurnalist Nadana Fridrixsonga yozma ravishda bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Faqat terrorchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘q qilish Rossiyaning bu jinoyatga javobi bo‘lishi mumkin. Dunyoda ham bu shunday qabul qilingan. Rossiya fuqarolari ham aynan shuni kutishmoqda”, - deya ta’kidladi Medvedev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “jinoyat buyurtmachisi va ijrochisi – shakllanmagan Ukraina davlati”.
“Bu jinoiy Kiyev rejimi tomonidan sodir etilgan terrorchilik akti va qo‘poruvchilik. Shubha yo‘q, bo‘lmagandi ham. Barcha ma’ruzalar va xulosalar chiqarilgan”, - dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim ko‘prigidagi sodir etilgan portlashni terakt deb atab, uni Ukraina maxsus xizmati uyushtirganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0