O‘zbekistonning ba’zi joylarida chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishVeter
Veter - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2022
Obuna bo‘lish
Bugun respublika bo‘yicha shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi prognoz qilinmoqda.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Respublika bo‘yicha shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Havo harorati +20-25 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +21-23 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +12-17 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0