MDH norasmiy sammitida qanday masalalar ko‘rib chiqildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v neformalnoy vstreche rukovoditeley stran - uchastnis SNG
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v neformalnoy vstreche rukovoditeley stran - uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning muhim jihatlari muhokama qilindi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etib qaytdi.
Sammitda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2022
Shavkat Mirziyoyev
Tadbirda kelgusi haftada Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik bilan bog‘liq dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning muhim jihatlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya sohalaridagi yaqin aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan davlat rahbarining amaliy tashrifi yakunlandi.
Yangiliklar lentasi
0