https://oz.sputniknews.uz/20221007/toshkentda-sinov-tariqasida-raqamli-mobil-pasport-xizmati-ishga-tushiriladi-28899291.html
Toshkentda sinov tariqasida "Raqamli mobil pasport" xizmati ishga tushiriladi
Toshkentda sinov tariqasida "Raqamli mobil pasport" xizmati ishga tushiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Foydalanuvchining mobil ilovadan foydalanishga ruxsat olish jarayoni Face-ID yoki Mobil-ID usuli orqali masofadan identifikatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. 07.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-07T13:52+0500
2022-10-07T13:52+0500
2022-10-07T13:52+0500
jamiyat
pasport
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/430/21/4302147_0:160:3077:1890_1920x0_80_0_0_52cb161a302dea88b0d8fea6b0c68a22.jpg
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Toshkentda 2023-yildan fuqaroning raqamli pasporti sinov loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 571-sonli qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, fuqaroning raqamli pasporti sinov loyihasi dastlab 2023-yil 1-yanvardan 2023-yil 31-dekabrga qadar Toshkentda amalga oshiriladi. Shundan so‘ng, loyihaning keyingi bosqichini amalga oshirish respublikaning barcha hududlarida davom ettiriladi.Loyiha doirasida “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi negizida ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarni elektron ko‘rinishda taqdim etish imkoniyatini beruvchi “OneID mobile” dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi.Mobil ilova orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etishga ruxsat etiladi:Mobil ilovadan O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjati bo‘lgan muomalaga layoqatli shaxslar foydalanish huquqiga ega.Foydalanuvchining mobil ilovadan foydalanishga ruxsat olish jarayoni Face-ID yoki Mobil-ID usuli orqali masofadan identifikatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.Mobil ilovadan foydalanish vaqtida foydalanuvchining o‘ziga tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri yoki haqiqiyligi yuzasidan e’tirozi bo‘lsa, mobil ilova yordamida murojaat qilishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/430/21/4302147_172:0:2903:2048_1920x0_80_0_0_a006ebce8927eedf78c2588f6b1eaf80.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, pasport, yangi qaror
jamiyat, pasport, yangi qaror
Toshkentda sinov tariqasida "Raqamli mobil pasport" xizmati ishga tushiriladi
Foydalanuvchining mobil ilovadan foydalanishga ruxsat olish jarayoni Face-ID yoki Mobil-ID usuli orqali masofadan identifikatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Toshkentda 2023-yildan fuqaroning raqamli pasporti sinov loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 571-sonli qarorda nazarda
tutilgan. Hujjatga ko‘ra, fuqaroning raqamli pasporti sinov loyihasi dastlab 2023-yil 1-yanvardan 2023-yil 31-dekabrga qadar Toshkentda amalga oshiriladi. Shundan so‘ng, loyihaning keyingi bosqichini amalga oshirish respublikaning barcha hududlarida davom ettiriladi.
Loyiha doirasida “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi negizida ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarni elektron ko‘rinishda taqdim etish imkoniyatini beruvchi “OneID mobile” dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi.
Mobil ilova orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etishga ruxsat etiladi:
O‘zbekiston fuqarosi pasporti;
Haydovchilik guvohnomasi;
Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risida guvohnoma;
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va talaba to‘g‘risidagi ma’lumotlari;
Pensiya yoki nafaqa guvohnomasi;
Jismoniy shaxs tomonidan umumiy ta’lim muassasasini (11-sinf negizida) tamomlaganligi to‘g‘risida attestat;
Koronavirusga qarshi emlanganlik holati to‘g‘risidagi sertifikat;
Tug‘ilganlik va nikoh qayd etilganlik haqidagi dalolatnoma.
Mobil ilovadan O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi hujjati bo‘lgan muomalaga layoqatli shaxslar foydalanish huquqiga ega.
Foydalanuvchining mobil ilovadan foydalanishga ruxsat olish jarayoni Face-ID yoki Mobil-ID usuli orqali masofadan identifikatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
Mobil ilovadan foydalanish vaqtida foydalanuvchining o‘ziga tegishli ma’lumotlar to‘g‘ri yoki haqiqiyligi yuzasidan e’tirozi bo‘lsa, mobil ilova yordamida murojaat qilishi mumkin.