Senatorlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning himoyasini yanada kuchaytiruvchi qonunni ma’qullashdi

© Oliy Majlis SenatiSenatning o‘ttiz uchinchi yalpi majlisi
Senatning o‘ttiz uchinchi yalpi majlisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
Obuna bo‘lish
Qonun qabul qilinsa, 2023-yilda 75 ming nafar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalariga o‘rtacha 300 ming so‘m qo‘shiladi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Senatning o‘ttiz uchinchi yalpi majlisida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytiruvchi qonun ma’qullandi.
Majlisda senatorlar pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonunni muhokama qilishdi.
Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqti yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisoblanadi.
Bunda, fuqaro pensiya yoshiga yetganda yoki boquvchisini yo‘qotganda pensiyani olishni davom ettirsa I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqtini qo‘shib nogironlik pensiyasi qayta hisoblanmaydi.
Qonunga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiya tayinlanganidan keyingi kamida 1-yillik ish staji va ish haki miqdoridan kelib chiqib har 2-yilda bir marotaba tayinlangan pensiya qayta hisoblanadi hamda pensiya miqdoriga qo‘shib boriladi.
Qonun qabul qilinsa, 2023-yilda 75 ming nafar I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning pensiyalariga o‘rtacha 300 ming so‘m qo‘shiladi.
Kelgusida mehnat faoliyatini olib borganlarning (bugungi kunda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning 43 ming nafari rasman band) pensiyasi har 2-yilda bir marotaba ish staji va oylik ish haqidan kelib chiqib, qayta hisoblab boriladi.
Qonunga muvofiq pensiya olish huquqi belgilangan o‘gay farzandini
18 yoshgacha kamida 5-yil tarbiyalagan o‘gay ota-onalar bolani tarbiyalagan davrini aniqlash tartibi, O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarning pensiyalariga 100 foizdan 150 foizgacha miqdorida ustamalar to‘lash tartibi belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.
Qonun Senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 782 ming yoki aholining 2,4 foizini nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida pensiya va nafaqa oluvchilar tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0