O‘zbekiston va Rossiya barcha yo‘nalishlarda aloqalarni jadallashtirishga tayyor - TIV

© Foto : MID RFVladimir Norov i Sergey Lavrov
Vladimir Norov i Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
Obuna bo‘lish
Vladimir Norov Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbatlashdi - tafsilotlar.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda 15-16 sentabr kunlari Samarqandda O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi yig‘ilishining yakunlari muhokama qilindi.
Davlatlararo hamkorlikning, jumladan, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya doirasidagi aloqalarning turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Rossiyaning ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha aloqalarni jadallashtirishga tayyorligi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0