Meksika prezidenti Zelenskiyning Nobel mukofoti olishiga qarshi chiqdi

© AP Photo / Ronald ZakPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy obrashayetsya k sredstvam massovoy informatsii na sovmestnoy press-konferensii s kanslerom Avstrii Sebastyanom Kursem posle ix vstrechi v federalnoy kanselyarii v Vene, Avstriya, vo vtornik, 15-sentabrya 2020 g.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy obrashayetsya k sredstvam massovoy informatsii na sovmestnoy press-konferensii s kanslerom Avstrii Sebastyanom Kursem posle ix vstrechi v federalnoy kanselyarii v Vene, Avstriya, vo vtornik, 15-sentabrya 2020 g. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Andres Manuel Lopes Obrador harbiy mojaro ishtirokchilaridan biri qanday qilib bunday mukofotni olishi mumkinligidan hayron qoldi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Yevroparlamentning Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatish haqidagi taklifini tanqid qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.

“Uni yoki boshqasini [arizachini] qo‘llab-quvvatlashimizdan qat’i nazar, harbiy mojaro ishtirokchilaridan biri qanday qilib Tinchlik uchun Nobel mukofotini oladi? Tinchlik uchun kurashayotgan boshqa hech kim yo‘qmi?” - degan siyosatchi kecha, 5-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Avvalroq, “Reuters” Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “opponentlari”ga, jumladan Zelenskiyga ham berilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Ma’lumot uchun, 2021 va 2013-yillarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatilgan.
Nobel tinchlik mukofoti - Alfred Nobel fondi tomonidan har yil topshiriladigan nufuzli 5 ta mukofotlardan biri bo‘lib, dunyoda tinchlikni mustahkamlash uchun qo‘shgan hissasi uchun beriladi.
Turli yillarda ushbu mukofotga Barak Obama, Albert Gor, Kofi Anan, Kim De Jun, Nelson Mandella, Mixail Gorbachev va boshqalar munosib deb topilgan.
24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining yordam so‘rab murojaatiga javoban Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng AQSh, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, shuningdek, bir qator boshqa davlatlar Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar kiritdi. Bundan tashqari, G‘arb davlatlari Kiyevga milliardlab dollarlik qurol yetkazib berishni kuchaytirgan.
Yangiliklar lentasi
0