Putin Emomali Rahmonni mukofotladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tadjikistana E. Raxmon
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Tadjikistana E. Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
Obuna bo‘lish
Putin bugun 70 yoshni qarshilagan Emomali Rahmonni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni Rossiyaning III darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi. Tegishli farmoni 4-oktabr kuni e’lon qilindi.

“Rossiya Federatsiyasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun Tojikiston Respublikasi prezidenti Rahmon Emomali III darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlansin”, - deyiladi hujjatda.

Emomali Rahmon bugun, 5-oktabr kuni 70 yoshga to‘ladi. 2017-yilda u Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun Aleksandr Nevskiy ordeni bilan ham taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0