Turkiya Rossiyadan gaz to‘lovlarini 2-yilga kechiktirishni so‘radi – OAV

© Sputnik / StringerVentil na obyekte visokogornoy gazokompressornoy stansii "Voloves" v Zakarpatskoy oblasti.
Ventil na obyekte visokogornoy gazokompressornoy stansii Voloves v Zakarpatskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya Rossiyadan gaz to‘lovlarining bir qismini 2024-yilgacha kechiktirishni so‘radi, deya xabar berdi “Bloomberg”.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Turkiya Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarning bir qismini 2024-yilgacha kechiktirishni so‘radi. Bu haqda “Bloomberg” manbalarga tayanib, xabar berdi.

“Turkiyaning davlatga tegishli energiya importchisi Boru Hatlari ile Petrol Tasima AS yoki Botas to‘lovlarning bir qismini 2024-yilgacha kechiktirmoqchi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanganmi yoki yo‘q, hozircha aniq emas.
Nashrda yozilishicha, Turkiyaning energiya importiga qaramligi uning valyutasi va budjetiga bosimni oshirgan. Yil boshidan buyon turk lirasi dollarga nisbatan 28 foizdan ortiq qadrsizlandi. Bu rivojlanayotgan bozorlar orasida Argentina pesosidan keyingi eng katta ko‘rsatkich bo‘lgan.
“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida Turkiyaning savdo kamomadi o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan ikki barobardan ko‘proqqa oshib, 11,2 milliard dollarga yetgan.
Avvalroq, nashr Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an Rossiya gaziga 25 foizlik chegirma so‘rashini yozgan edi. Keyinroq Moskva va Anqara mamlakatga yetkazib beriladigan Rossiya yoqilg‘isining 25 foizini rublda to‘lashi to‘g‘risida kelishuvga erishdi.
Yangiliklar lentasi
0